Qarshidagi portlash "chaqnash" boʻlgan

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan surat Image copyright Social media
Image caption Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan surat

Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qarshi shahri chetidagi Mexanizator mavzesida eshitilgan kuchli portlash borasida maʼlumot tarqatdi.

Vazirlik xabar qilishicha, 15 avgust kuni tahminan soat 00:25da Qarshi tumanidagi "Janubgaz" aktsionerlik jamiyatiga qarashli yopiq avtogarajda bir yuk tashuvchi mashinadan ikkinchisiga suyultirilgan gaz oʻtkazilayotganda "chaqnash" sodir boʻlgan.

Hodisa "Qarshi-Beshkent" avtomobil yoʻlining 6-7 kilometri orasida yuz bergan.

Rasmiy maʼlumotda propan gazini qabul qilib olayotgan "Zil-130" yuk mashinasi haydovchisining yordamchisi tan jarohati olgani va kasalxonaga yotqizilgani aytiladi.

Dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasi yuz bergan bu hodisani ayni hududga yaqin boʻlgan Twitter foydalanuvchilari xabar qilishgandi.

Qoʻqonda yirik portlash

Fargʻonada portlash

Bir necha manbaga binoan, portlash ovozi juda qattiq boʻlgan va atrof yorishib ketgan.

Baʼzi sharhlovchilar poyezd yoʻlidagi tsisterna portlaganini gumon qilishgandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq