Xorijiy pasportlar 2019 yil 1 yanvaridan kiritiladi

pasport Image copyright uzbekistan24
Image caption Viza talab qilinadigan davlatlarga amaldagi OVIR stikeri muddati tugaguncha safar qilish mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 1 yanvaridan Oʻzbekiston fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasportlar berilishini belgiladi.

Ayni sanadan boshlab xorijga chiqish uchun beriladigan OVIR stikerlari bekor qilinadi.

"Oʻzbekiston 24" telekanali saytida joylashtirilgan farmonda aytilishicha, 2011 yildan beri amalda boʻlgan biometrik pasportlar Oʻzbekiston hududida kuchda qoladi.

Oʻzbekiston fuqarolari xalqaro kelishuvlarga binoan kirish vizasi talab qilinmaydigan davlatlarga amaldagi biometrik pasportlar bilan 2021 yil 1 yanvarigacha chiqishlari mumkin.

Hamda, viza talab qilinadigan davlatlarga amaldagi OVIR stikeri muddati tugaguncha safar qilish mumkin.

Ammo, farmonda xorijiy pasport qanday muddatga berilishi aytilmagan.

Avvalroq, kun.uz nashri savollariga javob bergan IIBB vakili Oʻzbekiston fuqarolariga xorijiy pasportlar qanday muddatga berilishi haqidagi savolga javob bera olmagan, biroq xalqaro tajribaga koʻra bunday pasportlar 10 yilga berilishini taʼkidlab oʻtgandi.

Mirziyoyev farmonida aytilishicha, xorijiy pasportlarni tadbiq qilishdan maqsad, xususan, chet elga chiqish uchun hujjatlarni tayyorlash jarayonidagi qogʻozbozlik va poraxoʻrlikka chek qoʻyishdir.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq