Telegram asoschisi Putinga qarshi #PutinShirtlessChallenge

Instagram post of Pavel Durov topless Image copyright Pavel Durov / Instagram
Image caption Telegram asoschisi Pavel Durov rossiyaliklarga chaqiriq bilan chiqdi

Prezident Putinning yarim yalangʻoch fotosurati Telegram asoschisi Pavel Durovga gʻoya berdi. U rossiyaliklarni oʻzlarining kiyimsiz fotosuratlarini sotsial tarmoqlarda eʼlon etishga chaqirdi.

Image copyright Reuters
Image caption Prezident Putin avgust boshida Sibir janubidagi Tuvada dam olayotgani fotosurati eʼlon qilindi

Pavel Durov Instagramda #PutinShirtlessChallenge aktsiyasini boshladi. Shart qilib fotosuratni fotoshopda oʻzgartirish taqiqlandi. Pavel Durovning ushbu eʼloni bir kunda 47000 dan ziyod odamga maʼqul keldi.

Bu janob Putinga ilk bor "qarshi chiqish" boʻlishi mumkin, biroq Rossiya prezidenti bundan oldin ham yarim yalangʻoch holda koʻrinish bergan edi.

Image copyright AFP/GETTY
Image caption Prezident Putinning rasmiy fotosuratchilari uning 2009 yildagi hordiqdagi fotosuratini eʼlon qilgan edilar

Pavel Durovning qaddi-qomati koʻpchilikka maʼqul boʻldi. Bu haqda bir necha maqtovlar ham bitildi.

Durov aktsiyasiga rossiyalik siyosatchi Dmitriy Gudkov ham qoʻshildi.

Oʻz fotosuratini eʼlon qilish chaqirigʻiga koʻplab rossiyaliklar javob qaytardilar. Ular orasida Nikolay Sokolov va Konstantin Protskiy lar ham bor edi:

Image copyright Nikolay Sokolov
Image caption Nikolay Sokolovning Instagramdagi fotosi
Image copyright Kostya Pro
Image caption Konstantin Protskiy oʻzining Oltoy togʻi tepasidagi fotosuratini eʼlon qildi

Va Anastasya ham bu tadbirdan chetda qolmasligini namoyish etdi.

Image copyright Anastasia
Image caption Anastasia accepted the #PutinShirtlessChallenge

Prezident Putinning avgust boshidagi hordigʻi Rossiya telekanallarida namoyish etilganidan keyin ayrm Twitter foydalanuvchilari "janob Prezident toʻrtinchi muddat prezidentga tayyorgarlikni boshladimi" degan mazmundagi savollarni qoʻya boshladilar.

Yana birov faqat pechka ustida yotadigan Yemelyaning orzularni roʻyobga chiqaradigan choʻrtan baliq huzuriga borgani ertagini esladi.

Yoki bu suratlar Kremlning AQShga mujdasi edimi?

Image copyright Reuters
Image caption Baliq ovi zoʻr boʻlayapti: Prezident Putin va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu

Ayrimlar oʻz mushugining yalangʻoch rasmini ham eʼlon qildi:

Image copyright Marcus Loki
Image caption Marcus Loki oʻz mushugining yari yalangʻoch suratini Instagramda bosdi

Sotsial mediadagi chiqishlar BBC UGC va Social News jamoasi, BBC Monitoring xodimlari Yaroslava Kiryuxina va Kseniya Idrisovalar tomonidan toʻplangan.