Prezident Mirziyoyev militsiyadagi jinoyatlar va tanish-bilishchilikni qoraladi

Shavkat Mirziyoyev Image copyright O'zbekiston
Image caption Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Toshkentda ichki ishlar organlari bilan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida militsiya faoliyatini tanqid qildi.

Uning aytishicha, IIV faoliyati ayrim hududlarda "xoʻjakoʻrsinga, faqat qogʻoz uchun" bajarilmoqda.

Prezidentga koʻra, respublika boʻyicha jinoyatchilik koʻrsatkichlari kamaygan, lekin Samarqand viloyatida oshib ketgan. Buxoro, Navoiy, Fargʻona viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari koʻpaygan.

Bu haqdagi lavhamizni tomosha qilish uchun mana bu yerga bosing.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq