Oʻzbek alifbosi kelajagi: Lotinmi yoki Kirill?

Qarshi shahridagi Kirill va Lotin yozuvidagi eʼlonlar. 2013 yilgi surat Image copyright .
Image caption Qarshi shahridagi Kirill va Lotin yozuvidagi eʼlonlar. 2013 yilgi surat

BBC O'zbekning Odnoklassnikidagi navbatdagi jonli muloqoti Oʻzbekiston alifbosiga bagʻishlandi.

Adabiyotshunos olim, "Jahon adabiyoti" jurnali Bosh muharriri Shuhrat Rizayevning "Prezidentga maktub" ochiq xati Oʻzbek alifbosi haqidagi bahs-munozarani kuchaytirib yubordi.

Jamiyatda "Oʻzbekiston Kirill alifbosiga qaytishi kerakmi yoki Lotin alifbosiga oʻtish masalasini uzil-kesil hal qilishi lozimmi" degan savol keng muhokama etilmoqda.

Davra suhbatini BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Internet nashrlar ushbu mavzuda tahliliy maqolalar eʼlon qilmoqdalar.

BBC Oʻzbek xizmati oʻzining OK LIVE jonli dasturida Kanadada istiqomat qilayotgan jurnalist va huquqshunos Baxtiyor Shohnazarov va oʻzbekistonlik jurnalist Shuhrat Shokirjonov bilan Oʻzbek alifbosi kelajagi mavzusini muhokama etdi.

Dastur boshlovchisi Shodiyor Sayf.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq