Oʻzbekistonliklar Rossiyaga aviachiptalarni soʻmda sotib oladi

pul Image copyright Asiaterra.info

Oʻzbekistonliklar Rossiyaga aviachiptalarni soʻmda sotib olishlari mumkin boʻladi. Bu borada hukumatning qarori tayyorlanmoqda, deb yozadi podrobno.uz sayti.

18 avgustning muhim yangiliklarini tomosha qilish uchun linkni bosing

Toshkent va Bekobod shaharlari oʻrtasida elektrichka qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bekobodga tashrif buyurgan Prezident Mirziyoyev tez orada bu yerda yangi shaharcha qurish topshirigʻini ham bergan.

Xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatov oʻqituvchilarning dala ishlariga jalb qilinishiga munosabat bildirgan. Kun.uz muxbiri savoliga javob bergan vazir oʻqituvchilar haqqini talab qilishi kerakligini urgʻulagan. "Biz qaysi zamonda yashayapmiz? Bor dalaga, desa, dalaga chopqillab chiqib ketavermaydi-ku", - degan Ulugʻbek Inoyatov.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq