Mirziyoyev: "Konvertatsiyani erkinlashtirish jarayoni ogʻir kechayapti"

Mirziyoyev rahbar kechirimli boʻlishi kerakligini ham urgʻulagan Image copyright President.uz
Image caption Mirziyoyev rahbar kechirimli boʻlishi kerakligini ham urgʻulagan

Bekobodda gapirgan Prezident Mirziyoyev valyuta ayirboshlash siyosatida katta ishlar qilinayotgani va bu jarayon ogʻir boʻlayotganini eʼtirof etgan. U shuningdek rahbarlarni mayda narsalarga eʼtibor bermasdan kechirimli boʻlishga chaqirgan.

"Biz monitar siyosatimizda katta-katta ishlarni boshladik. Valyutamizni ayirboshlash. Eng katta narsa soʻmimizni dunyo bozoriga chiqarish boʻyicha. Boʻlayapti, lekin ogʻir boʻlayapti. Yetti marta oʻlchab bir marta kesadigan narsalar. 33 million xalq orqamizda turibdi. Bu nevaralarimizning taqdiri bu", - degan Shavkat Mirziyoyev.

Videoni tomosha qilish uchun linkni bosing

Shu tariqa Oʻzbekistonda boʻlayotgan pul-monitor siyosati borasidagi oʻzgarishlarga ikl marotaba Prezident oʻz munosabatini bildirgan.

Mutaxassislar Oʻzbekistonda sentyabr oyida valyuta ayirboshlash barcha uchun ochiq boʻlishini va qora bozor yoʻqolishini taxmin qilishmoqda.

Buning uchun yetarli sharoit pishib yetilgani aytiladi.

Tijoriy banklar yuridik shaxslarga qora bozor kursida dollar olib-sotishiga ruxsat berildi. Tadbirkorlarning eksport tushadigan valyutaning 25 foizini davlat gʻaznasiga oʻtkazish majburiyatlari bekor qilindi.

Bekoboddagi uchrashuvda Mirziyoyev shuningdek, rahbarlarning kechirimli boʻlishi va mayda gaplarga eʼtibor bermasligi kerakligini urgʻulagan.

"Bagʻrimiz kengroq boʻlishimiz kerak bizga yarashadi. Kechirimli xalq, kechirimli rahbar boʻlishimiz kerak. Biz kichkina-kichkina mayda gaplarga aralashib, fisqu-fasod gaplardan yiroq boʻlishimiz kerak. Ana shunda Xudo taolo oʻz barakasi, marhamatini ayamaydi", - degan u.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq