Oʻzbekiston: Qozogʻiston bilan harbiy hamkorlik, paxta yogʻining sifati va aktsiz soliqlari

Bozorlar Image copyright Internet
Image caption Bozorlar

Oʻzbekistonda nima gaplar? bbcuzbek YouTube kanalida tomosha qiling

Oʻzbekistonda geni oʻzgartirilgan chigitdan isteʼmol maqsadlarida foydalanishga ruxsat berildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻzbek olimlari tomonidan geni oʻzgartirilgan "porloq" chigitidan isteʼmol yogʻi va mollar uchun yem olib foydalanishga ruxsat bergan. Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu chigitni uch yil turli sinovlarda sinab koʻrgan va uning isteʼmol uchun zarari yoʻq degan xulosaga kelgan.

Image copyright Internet
Image caption Paxta

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida birinchi marta Harbiy hamkorlik rejasi imzolandi. Ikki davlat mudofaa vazirlarining Toshkentdagi uchrashuvlari ortidan tomonlar Harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi. Reja harbiylarning hamkorlikdagi operativ va jangovor tayyorgarligi hamda harbiy taʼlim sohasiga doir chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan. Kuzatuvchilar ikki davlat oʻrtasida harbiy sohada birinchi marotaba shunday hujjat imzolanayotganini aytishgan.

Oʻzbekiston birlamchi oziq-ovqat va yem narxlariga aktsiz soligʻini olib tashladi. Mutaxassislar ushbu choralar narxlarning tushishiga xizmat qilishi yoki konvertatsiya ochilishi jarayonida narxlar qimmatlashuvining oldi olinishiga qaratilganini taxmin qilmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq