Yana paxta, oʻzbek mashinalari muvaffaqiyati va qoʻshimcha bankomatlar

Shavkat Mirziyoyev Image copyright official

Oʻzbekiston bir daqiqa ichida:

Kunning eng muhim yangiliklarini nazardan qochirmang:

Prezident Shavkat Mirziyoyev "2017 yilda gʻoʻza defoliatsiyasini oʻz vaqtida va samarali oʻtkazish boʻyicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Ammo qarorda shu kunlarda qizgʻin bahslarga sabab boʻlayotgan oʻqituvchi va shifokor kabi byudjet xodimlarini dalalarga jalb etmaslik haqida biron soʻz yoʻq.

Oʻzbekiston bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning qayta tiklanishi manzarasida Tojikiston oʻz bozoriga oʻzbek avtomobillari kirib kelishiga yoʻl ochib bermoqda. Bu haqida Asia-Plus xabar agentligi yozmoqda. Apreldagi koʻrgazma ortidanoq, Dushanbeda "Ravon" avtosaloni ochilib, oʻzbek mashinalari savdosi boshlab yuborilgan.

Toshkentda yana 7 ta bozorda pulni naqdlashtirib beradigan bankomatlar oʻrnatilgan. Bu haqda UZ24 xabar bergan. Ayon boʻlishicha, bankomatlarga har kuni oʻrtacha 30 mln. soʻm pul qoʻyiladi. "Mikrokreditbank" maʼlumotlariga koʻra, bank yil yakuniga qadar Oʻzbekiston boʻylab 15 ta bankomat oʻrnatishni rejalashtirmoqda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq