Rossiyalik yurist migrantlarga qanday maslahat beradi?

Rossiya politsiyasi migrantlar huquqlarini poymol qilish hollari koʻp uchraydi
Image caption Rossiya politsiyasi migrantlar huquqlarini poymol qilish hollari koʻp uchraydi

Asli oʻzbekistonlik Valentina Chupik - Rossiyada mehnat muhojirlariga bepul xizmat koʻrsatuvchi yurist.

Oʻtgan yilning oʻzida unga 14 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Eng koʻpi - 42 foizi Oʻzbekiston fuqarolaridan.

Huquqshunosning aytishicha, oʻzbekistonliklar asosan oʻz ish haqlarini ololmaganlarini aytib shikoyat qilishadi.

Unga koʻra, migrantlarning qiyin vaziyatga tushishlariga oddiy qoidalarni bilmasliklari sabab boʻlmoqda.

Mehnat muhojirlari eng koʻp toʻqnashadigan muammolar politsiya toʻxtatganda, ish haqini olishda va uyni ijaraga olishda kelib chiqadi.

Yurist Chupik har bir mehnat muhojiri bilishi zarur deb hisoblagan maslahatlarni berdi.

Lavhani tomosha qilish uchun mana bu yerga bosing.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq