Rossiyadagi Bosh konsullik, prokurorlar treningi va yagona maktab formasi

Image copyright RIAnovosti

Oʻzbekiston bir daqiqa ichida - kunning eng muhim yangiliklarini nazardan qochirmang.

Qozon shahrida Oʻzbekistonning Bosh konsulligi ochiladi. Xabarlarga koʻra, bu ish Rossiya hukumati tomonidan rasman maʼqullangan. Ayni damda Moskvada Oʻzbekiston elchixonasi, konsullik boʻlimi va Novosibirskda yana bir konsulligi faoliyat yuritadi.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Ostonada xalqaro treningda ishtirok etgan. Trening besh kun davom etgan. Unda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Pokiston vakillari ham ishtirok etishgan. "Xalqaro aloqalar bilan bogʻliq moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish"ni oʻrganishgan.

Oʻzbekistonda kelasi yildan yagona maktab formasi joriy etiladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri maʼlum qilgan. Yaqinda prezident Shavkat Mirziyoyev bu mavzuni koʻtargan. Yangi formaning narxi hozircha maʼlum emas.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02