MXX raisi Inoyatovning rafiqasi davlat mukofoti oldi

Flora Inoyatova "Ogʻir eshitish zaifligi va karligi boʻlgan bolalarning reabilitatsiyasi" amaliy tadqiqoti uchun mukofot olgan Image copyright pediatriya.uz
Image caption Flora Inoyatova "Ogʻir eshitish zaifligi va karligi boʻlgan bolalarning reabilitatsiyasi" amaliy tadqiqoti uchun mukofot olgan

Oʻzbekiston MXX (SNB) raisi Rustam Inoyatovning turmush oʻrtogʻi Inoyatova Flora Ilyasovna davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Flora Inoyatova "Ogʻir eshitish zaifligi va karligi boʻlgan bolalarning reabilitatsiyasi" amaliy tadqiqoti uchun birinchi darajali Davlat mukofoti olgan.

Prezident Mirziyoyev fan va texnika, adabiyot, sanʼat hamda meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish toʻgʻrisida 23 avgustda farmon imzolagan.

Farmonda bir guruh ijodkor va fan sohasi olimlari mamlakat "ilm-fani, adabiyoti va sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy-maʼrifiy hayotida alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun" mukofotlanishi aytilgan.

Farmonga muvofiq 9 kishi birinchi darajali Davlat mukofoti bilan tanqdirlangan, ularning ichida Oʻzbekiston MXX (SNB) raisining rafiqasi Inoyatova Flora Ilyasovna ham bor.

Flora Inoyatova bilan birga Ahmedova Dilorom Ilxomovna, Amonov Shavkat Ergashevich ham "Ogʻir eshitish zaifligi va karligi boʻlgan bolalarning reabilitatsiyasi" amaliy tadqiqoti uchun taqdirlangan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Rustam Inoyatov ketadimi?

Shuningdek adabiyot sohasida marhum adib Pirimqul Qodirov "Amir Temur siymosi" va "Til va el" asarlari uchun mukofotlangan.

Yana besh kishiga ikkinchi darajali davlat mukofotlari berilgan.

Ularning ichida shoir Sirojiddin Sayyid "Ochil, ey gul, ki boʻston vaqti boʻldi" kitobi uchun taqdirlangan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq