Oʻzbekiston prokuraturasi: Gulnora Karimovaning Rossiyadagi mulklari muhrlansin

karimova Image copyright Getty Images

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning Rossiyadagi mol-mulkini xatlashni soʻrab murojaat qilgan. Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti qizining Rossiyada pentxaus, qasr, kvartira va mehmonxonalari borligi aytiladi.

Bu haqda "Interfaks" agentligi Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bergan.

"Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan Karimova jinoiy ishi boʻyicha huquqiy koʻmak berishni soʻrab murojaat kelib tushdi. Unda koʻchmas mulk obʼektlarini hibsga olish toʻgʻrisida yozilgan", - deyiladi xabarda.

Ushbu murojaat Rossiya tomonidan koʻrib koʻrib chiqilmoqda. Oʻzbekiston tomoni undagi maʼlumotlar maxfiy ekanligini bildirgan.

2013 yilda Oʻzbekistonda Gulnora Karimovaga qarshi tovlamachilik va soliqdan qochish holatlari boʻyicha jinoiy ish ochilgan. Unda 2001-2013 yillarda Karimovaning uyushgan jinoiy guruh tarkibidagi jinoyatlarini qamrab olingan.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasining taʼkidlashicha, Moskvada Gulnora Karimovaning "Kamelot" turar-joy majmuasida bitta pentxaus, sakkizta kvartira, "Rublevka" mavzesida qasr, mehmonxonalar majmuasi hamda Yalta shahrida uy va dala hovlisi bor.

Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova otasi tirikligi vaqtida 2015 yili 5 yilga ozodlikdan cheklangan.

Gulnora Karimovaga nisbatan ikkinchi jinoiy ish alohida ochilgan va ayni damgacha tergov ishlari davom etmoqda.

Tergov materiallarida Karimova jinoiy guruhga 1 trillion soʻmdan ortiq mulkni davlat organlari vakolatlarini asossiz oʻzlashtirgan holda va firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirshda yordam bergan.

Unda radiochastota resurslari va yer uchastkalarini noqonuniy realizatsiya qilishda firibgarlik qoʻllash va xizmatlarga haq toʻlashda mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qoʻshimcha toʻlovlarni asossiz undirish koʻrsatilgan.

Bundan tashqari Gulnora Karimova 1 milliard 942,8 million dollarlik (qariyb 2 milliradlik dollar) xorijiy valyutani yashirishda gumonlanmoqda. U ushbu mablagʻni turli shaxslarning manfaatlarini "ilgari surish" uchun uyushgan jinoiy guruhning offshor kompaniyalari hisob raqamiga "boʻnaklar" olish, ulushlarni sotish va dividendlarni toʻlash niqobi ostida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni chet elga olib chiqib ketish orqali yashirgan.

Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, guruhning 12 ta xorijiy davlatda legallashtirgan mablagʻlari aniqlashtirilgan. Ularning umumiy miqdori 1,5 milliard dollarga yaqin legallashtirgan mablagʻlari aniqlashtirilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq