Qurbon Hayiti, Xalqaro Press klubga nima boʻlgandi va Hindistonning yangi vaʼdalari

Image copyright official

Oʻzbekiston bir daqiqa ichida - kunning eng muhim yangiliklari

Oʻzbekistonda Qurbon Hayiti sanasi maʼlum boʻldi, Xalqaro Press klub faoliyatini toʻxtatganmidi va Oʻzbekiston Hindiston bilan qanday bitimlarga erishdi - nazardan qochirmang:

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 1 sentyabrda nishonlanadi. Prezident Mirziyoyev 24 avgust kuni shu haqdagi qarorni imzolagan. Qator jamgʻarma, barcha mutasaddi idoralar va jamoat tashkilotlariga uni oliy darajada uyushtirish vazifasi yuklangan. 1 sentyabrda Oʻzbekistonda Mustaqillik kuni ham keng nishonlanadi.

Oʻzbekiston Hindiston bilan umumiy qiymati 150 million AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar imzolagan. Bunga Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi hayʼatning Hindistonga rasmiy tashrifi chogʻida erishilgan. Soʻnggi besh yil ichida bu ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro savdo aylanmasi ikki barobardan ortiqroqqa oshgan.

Raisi Sherzod Qudratxoʻjayevning bildirishicha, Xalqaro Press klub oʻz faoliyatini davom etdiradi va uni "hech qachon toʻxtatmagan". U bu haqda oʻzining "Facebook"dagi akkauntida maʼlum qilgan. Bundan sal avval klub faoliyatining Oʻzbekiston Bosh vaziri tomonidan tanqidga tutilgani, jonli efirlarining bekor qilinishiga oid xabarlar paydo boʻlgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02