Shimoliy Koreya Yaponiya osha raketa otdi

Ogohlantirish Image copyright Reuters
Image caption Ogohlantirish

Shimoliy Koreyaning Yaponiya shimoli uzra raketa otgani Bosh vazir Shinzo Abega koʻra, "mamlakatga misli koʻrilmagan xavf" soladi.

Shimoliy Koreyaning raketasi Hokkaydo oroli uzra uchib oʻtgan va dengizga tushgan.

Image copyright Reuters
Image caption Shinzo Abe

BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda majlis oʻtkazishi kutilmoqda.

Shimoliy Koreya bir necha bor sinov oʻtkazgan, ammo soʻnggisi - ballistik raketa ilk bor Yaponiya uzra uchib oʻtishidir.

BBC muxbiri Rupert Vigfeyld - Heyzga koʻra, Tokio bu raketa yadroviy kallakchalar bilan parvoz qilish imkoniyatiga ega boʻlganiga ishonadi.

Yaponiya bu raketani urib tushirishga urinmagan, ammo Hokkaydodagi aholiga "ertoʻla va yo mustahkam binolardan" boshpana sifatida foydalanishga maslahat bergan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq