Hayitda bolalar maktab borsinmi yoki bayram qilsinmi?

Tojikistonlik oʻquvchi bolalar
Image caption Maktab yo Hayit? Ayni savol Tojikistonda bu yil koʻndalang keldi.

Bu safargi Qurbon Hayiti 1 sentyabrga toʻgʻri kelayotgani qator mamlakatlarda ziddiyatli holatni yuzaga keltirmoqda.

Xususan, Tojikistonda bayram kuni oʻquv yili boshlanadi.

Mamlakat Taʼlim vazirligi esa bu kun oʻquvchilar odatdagidek maktab borishlariin aytib chiqdi.

Ammo muxolifatdagi Sotsial Demokratik partiya rahbarlaridan Olim Sherzamonov, Facebookdagi oʻz sahifasida hayit kuni bolalarni oʻqitish qaroriga qarshi chiqqan.

Janob Shernazarov odamlarni hukumat qaroriga buysunmaslikka chaqirmoqda.

Tojikiston soʻnggi yillari oʻz fuqarolarining diniy erkinligini cheklayotgani aytiladi.

Xususan, bir hafta oldin toʻy va boshqa marosimlarda ayollarning hijob oʻrashlari taqiqlagandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq