Islom Karimov hayotining soʻnggi kunlari, oila inqirozi uning nabirasi nigohida...

Duo Image copyright BBCUZBEK
Image caption Duo

Oʻzbekiston mustaqilligi davri ilk prezidenti Islom Karimov uchun oʻlimidan oldingi uch-toʻrt yil juda ogʻir kechgan boʻlishi mumkin.

Balki Andijon qirgʻini darajasida emasdir.

Balki 1991 yilda Namanganda Tohir Yoʻldoshlar davrasida qolgani kabi tahlikali ham boʻlmagandir...

Image caption Bobo va nabira

Ammo uning nabirasi, hozir Britaniyada istiqomat qilayotgan Islom Karimov bilan BBCning qator suhbatlarida marhum prezidentning soʻnggi yillari oson kechmaganini sezish mumkin.

Videoni bbcuzbek.com ning YouTube kanalida tomosha qiling.

Islom Karimovning toʻngʻichi Gulnora Karimova bilan bogʻliq nafaqat mahalliy, balki xalqaro korruptsiya mashmashalari hali ham davom etmoqda.

Karimovlar oilasi Oʻzbekistondagi siyosiy sahnadan ancha chetlatildi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Islom Karimov oʻz onasi Gulnora Karimovaga Oʻzbekistonda qoʻyilayotgan barcha ayblovlarni rad etdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq