"Toshkent yoʻlbarsi": "Hammasi Oʻzbekistonni biladi, qoʻrqadi..."

Hasanboy Doʻsmatov Image copyright AFP

Oʻzbek boksi afsonasi, sobiq jahon chempioni Rufat aka Risqiyev oʻzbekistonlik bokschilarning bu yilgi jahon chempionatida qayd etayotgan natijalariga xuddi ana shunday munosabat bildirdi.

Kecha - 29 avgust kuni boʻlib oʻtgan chorak final janglari ortidan, jaʼmi 9 nafar oʻzbekistonlik bokschidan oltitasi jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi, oʻzlariga birinchilikning kamida bronza medallarini naqd qildi.

"Boshim osmonga yetdi. Bu ichimga sigʻmayotibman. Qanchalar suyunganimni baqirib aytishim kerak boʻladi...", - deydi Rufat aka Risqiyev BBC Oʻzbek Xizmati bilan suhbatida.

"Buni tasavvur qilib boʻlmaydi. Oldin, bizning paytimizda butunboshli SSSRdan bor-yoʻgʻi 11 ta bokschi chiqardi. Mana, hozir, Xudoga shukr, bitta Oʻzbekistondan shuncha bokschilar chiqayapti. Hamma mamlakatlarda Oʻzbekistonni bilishadi, qoʻrqishadiyam...".

Bu yilgi jahon chempionatining oʻzbekistonlik bokschi yarim finalchilari esa, Hasanboy Doʻsmatov, Shahram Gʻiyosov, Iqboljon Xoldorov, Sanjar Tursunov, Jasurbek Latipov va Bektemir Meliqoʻziyevlar boʻlishadi.

Rufat aka Risqiyev oʻzbekistonlik bokschilarning hal qiluvchi janglari oldidan ularga faqat va faqat omad tilab qolishini aytadi.

"Omad yor boʻlsin", - deydi "Toshkent yoʻlbarsi" boʻlgan Oʻzbek boksi afsonasi suhbatimiz yakunida.

Ahmadjon Murodaliyev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov ortga qaytadigan boʻlishdi.

Oʻzbekiston 100 ga yaqin ishtirokchi davlat orasidan eng koʻp sondagi - 9 nafar bokschisi bilan chorak final bahslarida ishtirok etgan.

Chorak finalchilarining soni boʻyicha, hatto, Kubani ham ortda qoldirib ketgandi.

Yarim final janglari esa, 31 avgust - 1 tsentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan bu yilgi jahon chempionatida Oʻzbekistonni jaʼmi 10 nafar bokschisi barcha vazn toifasida namoyon etishgandi.

Yarim finalchilarining soni boʻyicha esa, Oʻzbekiston Rossiya va Qozogʻiston bilan birga Kuba(7 ta) Kubadan keyin ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Rufat aka Risqiyev oʻzbekistonlik bokschilarning hal qiluvchi janglari oldidan ularga faqat va faqat omad tilab qolishini aytadi.

"Omad yor boʻlsin", - deydi "Toshkent yoʻlbarsi" boʻlgan Oʻzbek boksi afsonasi suhbatimiz yakunida.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq