Oʻzbek qizi Shotlandiya sahnasini qanday zabt etdi?

Kamilla Mahmudova
Image caption Kamilla Mahmudova "Goblinlar yurti"da bosh rolni ijro etgan birinchi osiyolik

Edinburg Fringe festivalida 19 yashar talaba oʻzbek qizi yulduzga aylandi.

Kamilla Mahmudova bosh rolni ijro etgan "Goblinlar yurti" spektakli ikki yirik mukofotni qoʻlga kiritdi.

Bu boradagi lavhamizni tomosha qiling.

Kamilla Edinburgda oʻtadigan ayni xalqaro bolalar festivalida Yevropa ertaklari bosh qahramonini sahnada gavdalantirgan birinchi Osiyolik boʻldi.

Kamilla Mahmudova hozir oʻzbek siymolarini Britaniya sahnasiga olib chiqish yoʻlida ishlamoqda.

Spektakl Aulos Productions mahsuli.

Tamaraxonim surati muallifi - Maks Penson.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq