Rossiya musulmon davlatga aylanadimi?

Hayit Image copyright AFP

1 sentyabr musulmonlarning Qurbon hayiti bayramiga toʻgʻri kelganligi munosabati bilan Rossiyaning masjidlarga yaqin joylashgan maktablarida birinchi qoʻngʻiroq yigʻinlarini 4 sentyabrga koʻchirildi. Rossiya hukumati musulmonlar bayramiga bu qadar eʼtibor ajratgani mahalliy aholining keskin noroziligiga sabab boʻldi.

Tatariston, Boshqirdiston, Dogʻiston va Ingushetiya kabi bir qator hududlarda 1 sentyabr rasman dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Oʻquv yili 4 sentyabrdan boshlanadigan boʻldi.

Rossiya hukumati musulmonlar bayramiga bu qadar eʼtibor ajratgani mahalliy aholining keskin noroziligiga sabab boʻldi.

Moskvaliklarga hayit nega yoqmayapti?

- Diniy bayramlar sababli maktab yigʻinini koʻchirish maqsadga muvofiq emas. Bu masala faqat jamoatchilik yakdilligida toʻla rozilik boʻlsagina mumkin, - dedi Moskva patriarxati boʻlim rahbari Vladimir Legoyd "RIA-Novosti"ga. - Menimcha, maktab oʻz ish tartibida faoliyat yuritishi kerak. Alohida holatlar istisno tariqasida boʻlishi mumkin, ammo unda jamoatchilikning toʻla roziligi boʻlishi lozim.

Ommaviy axborot vositalari mahalliy aholi va internet foydalanuvchilari noroziliklarini keng yorita boshladi.

"Putin Qurbon-bayramni mamlakatning bosh bayrami qiladimi? Hammani mamlakatdan chiqib ketish uchun xujjat topshirishga chaqiraman!!!" - deya hamfikrlarini norozilik namoyishiga chorladi Leonov 47news.ru saytida.

"Bu ketishda 20 yildan keyin Rossiya musulmon davlatga aylanadigan koʻrinadi", - havotirini bildirdi muallif.

"Taʼlim vaziriga shikoyat yozamiz"

Rossiyaning yetakchi nashrlari hukumatning bu qarorini maktab oʻquvchilari va ota-onalar qoʻllamasliklari borasida bong ura boshlashdi.

- Poytaxtda hali bunday qaror qabul qilinmagan edi. Birinchi sinfga borayotgan oʻquvchiga buni qanday tushuntirish mumkin? Boshqalar har doimgidek maktabga borsayu, u mallaligi uchun bormasa! Axir, bu bir umrlik xotira-ku. Masjid atrofida yashaydigan bolalarni boshqa maktab bolalaridan qanday ajratish mumkin? Men qaysi maktablarda birinchi qoʻngʻiroq bekor qilingan boʻlsa, taʼlim vazirligiga shikoyat yozishni taklif qilaman, - deb yozadi Irina Kuznetsova.

Moskva shahridagi masjidlarning biriga yaqin maktab direktori Olesya Lukashuk ota-onalar bilimlar kunini 4 sentyabr emas, 2 sentyabrda oʻtkazishni taklif qilishganini bildirdi. Maktab jamoasi bunga qarshi emas.

"Qurbon bayrami - Gʻalaba kuni bilan teng"

Meshan tumani faollaridan biri, deputatlikka nomzod Stanislav Matsak Qurbon bayrami sabab 1 sentyabrning koʻchirilishi haqidagi xabar bu qadar norozilikni keltirib chiqarganidan hayratda ekanini aytgan.

- Bu chora aslo musulmonlar uchun emas, havfsizlik maqsadlarida rejelashtirilgan. Bu yerga 90 mingdan ziyod musulmonlar keladi. Axir ular uchun Qurbon bayrami - biz uchun yildagi eng yaxshi bayramimiz Gʻalaba kuni bilan teng. Ammo kim kafolot beradiki, minglab eʼtiqodlilar orasida biror miyasi buzuq bir hodisa chiqarmaydi deb?!

"Gazeta.ru" jamoasi ham musulmonlarning diniy bayramlari nimasi havfli ekanligi haqida alohida toʻxtaldi. Mualliflarga koʻra, hukumatning bu qarori millatchilik nizolarini ham yuzaga keltirishi aniq.

"Adolatli qaror boʻldi"

Moskva muftiysi Ildar-hazrat Alyautdinov maktab yigʻinlarining boshqa kunga qoldirilishini toʻla maʼqulladi.

Moskvada kamida ikki millionga yaqin musulmonlar yashashini eslatgan muftiy ularning ibodat amallarini bajarishlari uchun joylar koʻp emasligini taʼkidladi.

"Soʻnggi paytlarda viloyatda qoʻshimcha maydonlar ochilmoqda, ammo koʻpchilik markaziy masjidlarda ibodat qilishga intilgani bois, bu muammoga yechim boʻla olmayapti" - deydi muftiy.

Alyautdinovga koʻra, bu borada shahar hukumati koʻp millatli poytaxtning teng huquqlilik borasida adolatli qaror qabul qilganligini bildirdi.

"Bu nafaqat xavfsizlik tadbiri, balki har kim oʻz bayramini emin-erkin, bir-biridan tortinmagan holda, halal bermaydigan sharoitlarda oʻtkazish imkonidir.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq