Hindlar Bobur qayerdan kelganini bilishadimi?

Priyanka Barve Anarkali rolini ijro etdi
Image caption Priyanka Barve Anarkali rolini ijro etdi

Dehlida Boburiylar sulolasiga bagʻishlangan "Moʻgʻul-i Azam" musiqiy spektakli namoyish qilindi. 1960-yilda ishlangan mashhur film asosida sahnalashtirilgan myuziklda Boburning nevarasi Akbar va uning oʻgʻli Salim, hamda Salimning saroy raqqosasi Anarkaliga boʻlgan fojeali muhabbati haqida hikoya qilinadi.

Ushbu spektakl Hindiston siyosatida Boburiylar sulolasi haqida yuzaga kelgan yangi bahsu-munozaralar manzarasida namoyish qilinmoqda. Hind matbuoti Bosh vazir Narendra Morining hindu millatchi partiyasi Boburiylarning Hindiston tarixidagi ahamiyatini kamaytirish va hatto oʻchirish harakatlari haqida yozmoqda.

Xususan, Dehlida chop etiluvchi firstpost.com nashriga koʻra, Hindiston boʻylab taʼlim muassasalari moʻgʻullarga qiziqishni soʻndirishga urinmoqda. Nashrning yozishicha, jumladan, Maharashtra shtatining Taʼlim kengashi 8-sinf oʻquvchilari tarix darsliklaridan moʻgʻul va musulmonlar hukmronligi haqidagi maʼlumotni qisqartirgan.

Xoʻsh, spektalni koʻrishga kelgan Dehli ahli Bobur qayerdan kelganini biladimi? Zarina Buxoriy lavhasi

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq