Qozogʻiston ham lotinga qaytadigan boʻldi

Yangi alifbo Image copyright Akorda
Image caption Yangi alifbo

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev kiril alifbosidan lotin alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtishga doir qarorni imzolagan.

Qarorga koʻra, Qozoq tilining yangi lotincha imlosi tasdiqlangan.

Prezidentning rasmiy web-sahifasida chop etilgan qaror matnida 2025 yilga kelib lotin imlosiga oʻtish jarayoni yakunlanashi aytiladi.

Jarayonni nazorat etish uchun milliy komissiya tuziladi.

Hujjatga Qozoq tilining yangi lotin alifbosi ham ilova qilingan.

Undagi harflarning soni 32 ta.

Image copyright Getty Images
Image caption Prezident Nazarboyev

Markaziy Osiyoda Qirgʻiziston va Tojikiston kirill alifbosidan foydalanadi. Oʻzbekistonda lotinchaga oʻtish jarayoni 24 yildan beri toʻliq amalga oshmagan. Turkmaniston va Ozarboyjon davlatlari toʻliq lotin alifbosiga oʻtishgan.

Bugungi kunda Lotindagi Qozoq alifbosidan Turkiya va boshqa Gʻarb davlatlarida yashaydigan Qozoq diasporasi vakillari foydalanadilar.

Biroq bu alifbo hech qanday maqomga ega emas.

Shuningdek, vatanini tark etgan Qozoq muhojirlari Qozoq Arab alifbosini ham qoʻllaydilar.

Qozogʻistonda 1929 yildan 1940 yilgacha foydalanilgan Lotin alifbosi Yanalif yoki yangi Turk alifbosi deb koʻrilgan.

Yanalif SSSRda tashkil qilingan yangi alifbo boʻyicha maxsus qoʻmita tomonidan tuzib chiqilgan.

Qozogʻistonda Lotin alifbosiga oʻtish masalasi 2007 yildan buyon muhokama etiladi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858860002

Bu mavzuda batafsilroq