Yangi yildan taksichilardan soliq undiriladi

Kirakashlik Oʻzbekistonda keng tarqalgan Image copyright Sputnik Uzbekistan
Image caption Kirakashlik Oʻzbekistonda keng tarqalgan

Oʻzbekistonda 2018 yildan boshlab fuqarolarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib, yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirish majburiyati yuklanadi.

Bu haqida Oʻzbekiston Senatining 13-yalpi majlisida gapirgan bosh vazir oʻrinbosari - moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovning maʼlum qildi.

Unga koʻra, bu tartib tegishli litsenziya olgan, oʻrindiq joylari toʻrttadan ortiq boʻlmagan taksilarga nisbatan tadbiq etiladi.

Qoʻchqorovning aytishicha, bu loyiha Prezident Shavkat Mirziyoyevning soliqlar yigʻishni oshirish, daromadlarni qonuniylashtirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash yoʻlida bergan topshiriqlariga asosan ishlab chiqilgan.

Oʻzbekiston sharoitida xususiy taksilarda odam tashish eng erkin tadbirkorlik turlaridan biri hisoblanadi.

Haydovchilarga koʻra, uni tartibga keltirish va soliq undirish harakatlari koʻplab oilalarning daromadiga salbiy taʼsir qilishi mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Telegram orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 7858860002

Bu mavzuda batafsilroq