Tovar olib kirishdagi 10 dollarlik cheklov bekor qilinadi

Eski "Chernyayevka" punktidan oʻtayotganlar nashrga chegaradan oʻtish birmuncha osonlashganini bildirganlar. Image copyright AFISHA MEDIA/Gazeta.uz
Image caption Eski "Chernyayevka" punktidan oʻtayotganlar nashrga chegaradan oʻtish birmuncha osonlashganini bildirganlar.

Qoʻshni davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlarga qoʻyilgan 10 dollarlik chegara bekor qilinadi. Qozogʻistondan 1000 dollargacha miqdordagi tovarlarni olib kirishga ruxsat beriladi.

Gazeta.uz nashri muxbiri "Gʻisht koʻprik" ("Chernyayevka") chegara punktida bunga shaxsan amin boʻlgan.

Hukumatdagi manbaning Gazeta.uzga bildirishicha, mazkur toʻlovni bekor qilish toʻgʻrisidagi hujjat hali imzolanmagan, biroq Qozogʻiston bilan chegarada yil boshidan buyon shaxsiy foydalanish uchun 1000 dollargacha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishga ruxsat berilgan.

Nashrning yozishicha, qoʻshni davlatlardan shaxsiy ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlarni bir vaqtda olib kirish uchun 10 dollarlik meʼyor "ichki isteʼmol bozorini himoya qilish maqsadida" 2009 yil iyunda oʻrnatilgan edi.

Unga qadar mazkur meʼyor 25 dollarni tashkil etgan. Qoʻshni boʻlmagan davlatlardan esa 1000 dollargacha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirish mumkin.

Eski "Chernyayevka" punktidan oʻtayotganlar nashrga chegaradan oʻtish birmuncha osonlashganini bildirganlar.

1 yanvardan 2000 dollargacha miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni Oʻzbekistondan olib chiqish va olib kirishda yozma deklaratsiya qilish talabi ham bekor qilingan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq