"Mirziyoyevga shikoyatimga maktabda oʻqimagan bola javob yozdi"

Aʼzam Turgʻunov

Freedom House xalqaro tashkiloti yangi hisobotini eʼlon qildi, unda Oʻzbekistonda soʻnggi bir yilda fuqarolik jamiyati va matbuotni erkinlashtirish, inson huquqlari vaziyatini yaxshilash yoʻlida ahamiyatli oʻzgarishlar boʻlgani qayd etilgan.

Hisobotda Prezident Shavkat Mirziyoyev qudratga kelganidan keyin 2017 yil mobaynida Oʻzbekistondagi muhokama va debat muhitini yaxshilash yoʻnalishida qator qadamlar qoʻygani taʼkidlangan.

Suhbatni BBC O'zbekning YouTube kanalida tinglang

Fuqarolik jamiyati va Mustaqil matbuot koʻrsatkichlari boʻyicha yaxshilanishlar qayd etilgani, minglab siyosiy va diniy tutqunlar ozodlikka chiqarilgani, xususan, kamida 17 taniqli siyosiy mahkum ozod qilingani aytilgan hisobotda.

Rasmiylar fuqarolik jamiyati vakillari bilan muloqotlarda ochiqlik namoyish eta boshladilar, Xalqaro Mehnat Tashkiloti va mahalliy faollar bilan paxta yigʻim-terimidagi majburiy mehnatga chek qoʻyish muammosi muhokama ham qilingan.

Human Ritghts Watch xalqaro tashkiloti kuzatuvchilariga Oʻzbekistonga qaytishga ruxsat berilgani eslatilgan.

Ilgari tegish mumkin boʻlmagan mardikorlik singari mavzular televideniyedagi jonli koʻrsatuvlarda muhokama qilinayotgani olqishlangan.

Oʻzbekiston bundan oldin "Oʻtish davri mamlakatlari" vaziyatini kuzatish metodologiyasi boʻyicha roʻyxatning eng quyi oʻrinlaridan joy olgani va soʻnggi 1 yilda ikki kategoriya boʻyicha chorak foiz ahvolni yaxshilashga muvaffaq boʻlgani aytiladi.

"Oʻzbekistonning bajarishi kerak boʻlgan ogʻir vazifalari hali oldinda", deya xulosa qilinadi hisobotda.

Freedom Housening Oʻzbekistonga yangi hisobotida bergan baholariga qoʻshilasizmi, degan savol bilan BBC sobiq siyosiy mahkum, "Mazlum" inson huquqlarini himoya qilish tashkilotining rahbari Aʼzam Turgʻunovga murojaat qildi.

Aʼzam Turgʻunov oʻzining soxta jinoyat ishiga asoslanib nohaq qamalgani, 9 yil erkinlikdan mahrum boʻlgani va oʻzini reabilitatsiya qilishni soʻrab Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan.

Prezident Mirziyoyevga murojaatga Oliy Suddan javob olgan Aʼzam Turgʻunov.

BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

Bu mavzuda batafsilroq