Rus muxolifati liderining telefon suhbati veb saytda chop etildi

Image copyright BBC World Service
Image caption Boris Nemtsov Kremlning ashaddiy tanqidchilaridan biri hisoblanadi

Rossiya hukumati bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lgan LifeNews veb sahifasi taniqli muxolifat rahbari - Boris Nemtsovning muxolifat faollari bilan telefon suhbatlarini chop etgan.

Bu suhbatlarda Boris Nemtsov o‘zi tashkil etgan namoyishlarda qatnashganlarni "og‘maxon" va "qo‘rqoq pingvinlar" deb atagan.

LifeNews veb sahifasi uning ixtiyoriga Boris Nemtsovning o‘z izdoshlari bilan bo‘lgan olti soatlik telefon suhbatlari tushganini ma‘lum qilgan.

"Rossiyada telefon suhbatlari xavfsizlik xizmatlari tomonidan eshitilishi va yozib olinishiga ko‘pchilik ishonadi," deya xabar beradi Moskvadagi BBC muxbiri Daniyel Sandford.

"Muxolifat rahbarlaridan biri Boris Nemtsov va boshqa yetakchi muxolifatchilarning nishonga olingani hech kimni taajubga solgani yo‘q," deydi BBC muxbiri.

Ayni damda Boris Nemtsov yaqin kelajakda Rossiya Tergov Qo‘mitasiga ayni "jinoyat" yuzasidan shikoyat arizasi topshirishini aytgan.

Boris Nemtsov advokati Rossiya Tergov Qo‘mitasining boshlig‘i nomiga ariza tayyorlayotganini bildirgan.