OI Eronga qarshi yangi jazo choralarini qo‘llashga qaror qildi

Image copyright NA
Image caption Ovro‘po Ittifoqi Eron yadroviy qurol tayyorlayapti deb hisoblaydi

Diplomatlarga ko‘ra, Ovro‘po Ittifoqi (OI) Tashqi ishlar vazirlari Eronga qarshi yangi jazo choralarini qo‘llashga kelishib olganlar.

Eron neftini sotib olmaslik shular jumlasidandir.

OI Eronni yadroviy qurol ishlab chiqarishga harakat qilayotanda ayblaydi.

Ero bu da‘volarni rad etadi va o‘rtadagi kelishmovchilikni bartaraf etish yo‘li sanktsiyalar emas balki muloqot ekanii aytadi.

OIdan Eron neftining boykot qilinishi Eron iqtisodiy vaziyatiga ta‘sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Eron neftining beshdan bir qismini OIga a‘zo davlatlar xarid qiladi.

Bunday xaridorni yo‘qotish Eron iqtisodiyotiga kuchli zarba beradi.

Boshqa mamlakatlar ham Eron neftini sotib olishni to‘xtatishi mumkin.

Yaponiya aftidan ayni qadamni tashlashga shaylanayotgan ko‘rinadi.

Ammo ko‘p narsa Eron neftining eng yirik xaridori bo‘lmish Xitoy niyatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Pekin iqtisodiy embargoga ro‘yxushlik ko‘rsatgani yo‘q. Aksincha, OI embargosi Xitoyga Erondan yanada ko‘proq neft sotib olish imkonini beradi.

Ammo, Xitoy Erondan neft narxini keskin arzonlashtirishni talab qilishi mumkin.

Agar embargo kuchga kirsa dunyoda yoqilg‘i narxi ko‘tarilib ketishi mumkin.