Misrda Husni Muborakka qarshi namoyishlarning 1 yilligi nishonlanmoqda

Image copyright Getty
Image caption Tahrir maydoniga yig‘ilganlardan ba‘zilari ularni qanday jarayonlar kutayotganidan xavotirda

Misr poytaxti Qohiraning asosiy maydoni Tahrirda bugun yana namoyishchilar yig‘ildilar.

Ular Husni Muborak hukumatiga qarshi noroziliklar boshlangan kunning bir yilligini nishonlashmoqda.

Maydonga to‘planganlarning ba‘zilari yaqinda o‘tkazilgan saylovlarda Islomiy partiyalarning g‘alabasini qutlagan bo‘lsalar, boshqalari siyosiy islohotlar sur‘atini jadallashtirishni talab qildilar.

Ammo kuzatuvchilarga ko‘ra, Misrdagi inqilob natijalari hammani ham qoniqtirgani yo‘q.

Bir yil oldin ko‘pchilik misrliklar umidlarga to‘la edi.

Jahon va matbuot bu umidlarga rom edi.

Bugun esa vaziyat mavhum va xira, jahon esa bu borada bir fikrga kelolmay lol.

Albatta, natija o‘zgacha bo‘lishini kutish qiyin edi.

Inqiloblar oqibatini odatda bashorat qilish qiyin.

O‘tish jarayonlari qallobliklarga to‘la bo‘lishi mumkin.

Tunis, misol uchun, Misr yo‘l qo‘ygan xatolarni aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Misrdagi qudrat uchun kurashning uch qirrasi bor - inqilobchilar, islomchilar va qurolli kuchlar.

Bularning hech biri o‘zaro birlashgan va yagona kuch emas.

Lekin ularning hammasi o‘zlari boshdan kechirgan sharoitda o‘zgarishlarga yuz tutdilar.

Qohirdagi Tahrir maydonini ozodlik bayramiga aylantirgan inqilobchilar joriy jarayonlardan cheta qolib ketish xavfi ostidalar.

Bir ma‘noda bosh-boshdoq va aniq rahbarga ega bo‘lmagan inqilobchilar o‘zlarini saylovlarda kurasha oladigan kuchga aylantira olmadilar yoda xohlamadilar.

Mamlakatda anchadan beri faoliyat yurgizib kelayotgan "Musulmon birodarligi" partiyasi esa anchayin keng qo‘llovga ega ekanini qayta-qayta namoyish etdi.

Parlamentga saylovlarda ushbu harakat aksar o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Ammo hozirda islomchilar uchun bu lahzalar nafaqat g‘alaba, balki yon bosishlarga borishni o‘rganish davri ham.

Chunki ularga u qadar ishonmagan dunyoviy kuchlar, nasroniylar va ayollar bor.

"Musulmon birodarligi" ularning ishonchini qozona bilishi kerak.

Islomchilar shuningdek qurolli kuchlar tomonidan ham bosim ostidalar.

Bu ikki kuch bir - birini diqqat bilan kuzatadi va kezi kelganda taktik bitimlarga erishadilar.

Qurolli kuchlar generallari esa o‘zlari istamagan ravishda siyosiy sahnaga itarib chiqarildilar.

Lekin qurolli kuchlar - ularning manfaatlari ta‘minlanganiga ishonch hosil bo‘lganidan keyin ham - siyosatdan ketishni istamasalar kerak.

Chunki harbiylar kelgusi fuqaroviy hukumatlar ularning byudjetlari va imtiyozlarini savol sotiga ola boshlashini xohlamaydilar.

Hozircha ularda fuqaro jamiyati ilgari surayotgan talblarga ko‘nmasdan iloj yo‘q.