O‘zbekistonda yer va suvdan foydalanishni o‘rgangan olim - Kristofer Martiusga savol bering

Image caption "Paxta, Suv, Tuz va So‘m" kitobi Xorazm misolida yer va suvdan qanday foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar va yo‘riqlarni o‘zida jamlagan

Kristofer Martius - O‘zbekistonda jadal o‘zgarayotgan ekologik hamda iqtisodiy vaziyatda yer va suvdan qay asno unumli foydalanish mumkinligi borasidagi kitob mualliflaridan biri.

Olmoniyaning Bonn Universiteti tadqiqotchisi Doktor Martius va hamkasblari Xorazm vohasidagi holatni chuqur o‘rganmoqdalar.

Yaqin bu olimlar birgalikda chop etgan "Paxta, Suv, Tuz va So‘m" nomli kitob O‘zbekistonda yer va suvdan foydalanishni yaxshilash hamda iqtisodiy boshqaruv usullarini isloh etishga e‘tibor qaratadi.

Mualliflar o‘tish davri mamlakatlarida tabiiy boyliklardan hamda sug‘oriladigan quruq yerlardan qanday foydalanish yo‘llarini izlaganlar.

Shuningdek, yomonlashayotgan ekologik sharoitlarni yumshatish, suv va yerdan oqilona foydalanib, o‘tish davri iqtisodiy strategiyalarini ishlab chiqish borasida ham fikr yuritiladi.

Kristofer Martius to‘rt yil oldin chop etilgan "O‘zbekiston qishloq hududlarida yer va suv islohoti davomiyligi hamda o‘zgarishlari" nomli kitobga ham hammuharrirlik qilgan.

Markaziy Osiyoning qariyb yarmiga yaqin aholisi yashaydigan O‘zbekiston aksar cho‘l va sahrolardan iborat.

Sahrolashish so‘nggi yillari jadal. Mamlakat suv zahiralari esa, asosan, yuqori oqimdagi Qirg‘iziston va Tojikistondan keladi.

Qariyb 30 millionlik aholisini oziq-ovqat bilan ta‘minlash, qishloq xo‘jaligini isloh etish hamda anchayin buzilgan atrof-muhit buzilishini to‘xtatish - bugungi O‘zbekiston oldida turgan ulkan vazifalardan.

O‘zbekistonda suv va yerdan unumli foydalanish va tabiatni asrab qolish yo‘lida tadqiqot olib borgan olimlardan Kristofer Martiusga savol bering.

Savollaringizni pastdagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manziliga yo‘llashingiz mumkin.