Kreml qarshisiga osilgan aksil-Putin shior olib tashlandi

Image copyright Reuters
Image caption Putinga qarshi harakatlar tobora ko‘proq jasorat bilan amal qilishmoqda

Guvohlarga ko‘ra, politsiya xodimlari Kreml qarshisida "Birdamlik" ("Solidarnost") muxolifat harakati tomonidan o‘rnatilgan "Putin, ket" plakatini olib tashlaganlar.

Uning olinishini kuzatgan RIA Novosti xabar agentligi muxbirining aytishicha, plakat o‘rnatilgan binoga ikki politsiya mashinasi kelgan: ikki politsiyachi chaqiriqni tomdan yechish bilan mashg‘ul bo‘lganlar, yana ikkisi esa yaqin orada navbatchilik qilib turgan.

Guvohlar Ichki Ishlar Vazirligi xodimlari plakatni ehtiyotkorlik bilan o‘rab, o‘zlari bilan olib ketishganini aytishdi.

Chorshanba tongida muxolifatchilar Kremlga yaqin bo‘lgan bino tomiga "Putin, ket" deb yozilgan va Bosh Vazir Vladimir Putinning yuziga chizilgan qora krest namoyon bo‘lgan plakatni osganlar.

"Birdamlik"ning a‘zosi Ilya Yashin BBCga bu o‘z harakatini amali bo‘lganini tasdiqladi.

Shiorni chorshanba kuni Kremlni muz qoplagan Moskva daryosi ajratib turadigan Sofiyskaya naberejnaya ko‘chasida ko‘rib qolishgan.

Uni o‘rnatayotganda harakatning faollaridan hech kim qo‘lga olinmagan.

Yashin so‘zlariga ko‘ra, 140 kvadrat metrlik mato "Rossiya norozilik tarixi"dagi eng yirik jihozdir.