Olmos to‘y: Qirolichaning taxtdagi oltmish yili

Image copyright AFP
Image caption 85 yoshli Qirolicha hali ham tetik va faol

Qirolicha toj kiyganiga oltmish yil to‘lishi tantanalarini Norfokdagi maktablardan birini ziyorat qilish boshladi.

Avvaliga uni Kings Lin shaharchasi hokimiyati binosida qarshi oldilar. Olqishladilar.

Shundan so‘ng u boshlang‘ich maktabga tashrif buyurdi.

Mamlakat bo‘ylab to‘plar tilga kirib Qirolichaning taxtga o‘tirganiga oltmish yil to‘lishini nishonlashdi.

Asosiy tantanalar iyun oyida boshlanadi.

85 yoshga kirgan Qirolicha odatda otasi Jorj VI (1952 yil) olamdan o‘tgan kunini o‘z yaqinlari davrasida o‘tkazadi.

Ammo bu yil Norfokda ikki tadbir bilan boshladi.

Rasmiy suratlar chiqarildi. Londondagi Hayd Parkda va London Qal‘asida to‘p otildi.

Qirollik salyuti shuningdek Edinburg Qal‘asida ham yangradi.

Qirolicha tashrif buyurgan maktabning bosh direktori Gayl Plat o‘quvchilarning "boshlari ko‘kka yetganini" aytadi.

Uning aytishicha, Qirolichaning tashrifi o‘quvchilari xotirasida uzoq yillar muhrlanib qoladi.

Qirolicha Yelizaveta II o‘z davrida 11 nafar Bosh vazirni ko‘rdi, hozirgi Bosh vazir Devid Kameron esa o‘n ikkinchidir.

Kameron janoblari Qirolichaning "buyuk xizmatlarini" olqishladi, uni "donolik manbai" deb atadi.