O‘zbekiston: Qahraton sovuq sabab maktablar yopilayapti

O‘zbekistonda ob-havoning nihoyatda sovuqligi mamlakatning ayrim chekka tumanlarida maktablarning yopilishiga ham sabab bo‘lmoqda.

Jizzax tumanidan olingan xabarlarga ko‘ra, maktablarni isitib bo‘lmayotgani bois, o‘quvchilar majburan bir haftalik ta‘tilga chiqarilganlar.

Mamlakatning janubiy va shimoliy mintaqalarida ham xuddi shunday holat kuzatilayotganiga oid xabarlar bor.

O‘zbekistonda qolgan mintaqa davlatlarida bo‘lgani kabi, bu yil qish o‘ta qattiq kelgan.

Mamlakat shimolida tunlari havo harorati minus 25 darajagacha sovub ketmoqda.

Ammo chetga yoqilg‘i sotayotgan O‘zbekiston o‘z xalqini yoqilg‘i bilan ta‘min etolmayapti.

Hatto, shaharlarda ham odamlar elektr toki uzib qo‘yilishi va gaz bosimi pasayib ketishidan aziyat chekmoqdalar.

Ko‘pchilik o‘tin sotib olishga pul yetmayotganini aytadi. Odamlar ilojsiz mevali daraxtlarni ham kesib yoqishmoqda.

Biz Jizzax tumanidagi vaziyatni bilish uchun mahalliy fuqarolardan birini suhbatga chorladik:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi