Dubaydagi ko‘rgazmada afg‘on gilamlari g‘olib

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Afg‘on gilamlarining nomi dunyoda dong‘i ketgan.

Bunga isbot sifatida Birlashgan Arab amirliklaridagi Dubay shahrida o‘tkazilgan gilamlar xalqaro ko‘rgazmasida Afg‘on gilamlari eng yaxshi, deya birinchi maqomga sazovor ko‘rilgan.

Ko‘rgazmada jahonning 14 mamlakatidan gilamdo‘zlik shirkatlari qatnashdilar.

Buning ortidan Afg‘oniston hukumati mamlakatda gilam ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish yo‘lida ikkita gilam to‘quvchi markazni tashkil etish rejasini haqida ma‘lum qilgan.

Lekin shu vaqtgacha Afg‘onistonda gilamdo‘zlik jarayoni ba‘zi kamchiliklarga ega bo‘lgani uchun ko‘plab gilamlar qo‘shni davlatga olib chiqilib, u yerda maromiga yetkazilib, shundan so‘ng o‘sha mamlakat muhri bilan savdoga chiqarilishi keng tarqalgan holat edi.