Pokiston bosh vaziri mahkamaga hurmatsizlikda ayblanmoqda

Image copyright BBC World Service
Image caption Dushanba kuni mahkamaning G‘iloniyga nisbatan hukm chiqarishi kutilmoqda.

Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo G‘iloniyga rasman mahkamaga hurmatsizlik qilganlik ayblovi qo‘yilgan.

Bu xaqda Oliy mahkamaning dushanba kungi majlisida e‘lon qilingan.

G‘iloniy o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad qilib keladi.

Oliy mahkama janob G‘iloniyni Pokiston mahkamasiga hurmatsizlik ko‘rsatdi, uning hukumati mahkamaning Shveytsariya hukumatiga murojaat qilib, prezident Osif Ali Zardoriyga korruptsiya ayblovlari bilan jinoyat ishi ochish talabini bajarmadi, demoqda.

Janob G‘iloniy va Pokiston hukumati a‘zolariga ko‘ra, Prezident Osif Ali Zardoriy davlat rahbari sifatida jinoiy javobgarlik daxlsizligiga ega, shuning uchun unga nisbatan jinoyat ishi ochilmasligi kerak.

Avvalroq mahkama Zardoriyni pora orqali yig‘ilgan mablag‘i Shvetsariya bankida saqlanishini aytib chiqqan.

Agar janob G‘eloniyni Oliy mahkama Pokiston mahkamasiga hurmatsizlik ko‘rsatdi, degan bandda aybdor, deb topsa, u olti oylik qamoq jazosiga hukm etilishi va davlat lavozimini egallashi ta‘qiqlanishi mumkin.

Prezident Zardoriyga ko‘ra , unga qarshi surilgan ayblov siyosiy mazmunga ega.

Dushanba kuni mahkamaning G‘iloniyga nisbatan hukm chiqarishi kutilmoqda.

Lekin buning ehtimoli kam, deydi Islomoboddagi BBC muxbiri Alim Maqbul.

Mahkama jarayoni bir necha kunga cho‘zilishi mumkin.

2007 yilda sobiq prezident Parvez Musharraf tomonidan e‘lon qilingan amnistiya tufayli prezident Zardoriy va yuzlab boshqa siyosatchilarga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangan edi.

2009 yil mahkama bu qarorni bekor qilgan.

Kuzatuvchilarning fikricha, Oliy mahkamaning ushbu qarori Pokistonda ijroiya hokimiyati bilan mamlakat mahkama tizimini dastaklayotgani aytilayotgan armiya o‘rtasidagi siyosiy inqiroz tobora chuqurlashayotganining alomati deb ko‘rilmoqda.