Internetda "Karimov tuzumini fosh etuvchi" film paydo bo‘ldi

Image caption "Xalq faryodi" filmi qamoqxonada o‘ldirilgan mahbus ayoli hikoyasiga asoslangan

O‘tgan yakshanba kuni internetdagi youtube video bo‘lashish portalida paydo bo‘lgan, mualliflar ta‘biricha, "Karimov tuzumi jinoyatlarini fosh etuvchi" filmni hozirga qadar yetti yarim mingdan ziyod odam tomosha qilgan.

"Glas naroda" - "Xalq Faryodi" nomli film muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq Harakatining bayonotlarini ham chop qilib keladigan Turkiston TV mustakil video portali tomonidan yuklangan.

Prezident Islom Karimovning 22 yillik boshqaruvi oqibatlaridan hikoya qiluvchi mazkur film qizg‘in munozaralarni uyg‘otgan.

Qamoqxonada o‘ldirilgan mahbusning ayoli ekani aytilgan qahramonning hikoyasiga asoslangan "Xalq faryodi" filmida Prezident Karimov va uning hukumatiga qarshi bir qator jiddiy ayblovlar ilgari suriladi.

Film uzunligi 54 daqiqadir.

BBC Turkiston TV muharriri Kamoliddin Yo‘ldosh film O‘zbekiston ichkarisida maxfiy tarzda tayyorlanib, Turkiston TVga jo‘natilganini aytadi.

BBC film ko‘zlagan maqsadlari haqida Kamoliddin Yo‘ldosh bilan suhbatlashdi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi