BBC navigation

BMT yadro agentligining mutaxassislari Eronga safar qiladi

Сўнгги янгиланиш 20 феврал 2012 - 15:22 GMT

G‘arb davlatlari Eronni yadro qurolini yaratishga urinishda ayblagan, bunga javoban esa Eron o‘zining yadro dasturi faqat tinchlik maqsadlarini ko‘zlashini urg‘ulaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yadro agentligining besh nafar mutaxassisi Eronga ikki kunlik xizmat safarlarini boshlashadi.

Bu so‘nggi ikki oy mobaynidagi agentlik tekshiruvchilarining Eronga ikkinchi safaridir.

G‘arb mamlakatlariga ko‘ra, Eron o‘zining yadroviy dasturi bilan yadroviy qurolga ega bo‘lish maqsadini ko‘zlamoqda.

Biroq rasmiy Tehron o‘zining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdek tinch maqsadda yadroviy dasturini rivojlantirayotganini aytib keladi.

Agentlik o‘z vakillarining tashrifini tekshirish emas, uchrashuv deb atagan.

Ularning Eron yadroviy inshootlarini ham borib ko‘rish imkoniga egami-yo‘qliklari noma‘lum.

Chunki yanvar oyidagi agentlik nazoratchilarining safarida ularga qator inshootlarni borib ko‘rish va Eronning yadro sohasidagi mutaxassislari bilan uchrashishga izn berilmagan edi.

Nazoratchilar hay‘atiga agentlik bosh direktori o‘rinbosari Herman Nakerts rahbarlik qiladi.

Janob Nakerts jurnalistlarga agentlikning maqsadi Eron yadroviydasturining harbiy yo‘nalishga qanchalar aloqador ekaniga oydinlik kiritish ekanini aytgan.

Biroq 48 soat mobaynida barcha savollarga aniq javobni qo‘lga kiritish mushkulligi aytiladi.

Agentlik vakillarining tashrifi Eron va G‘arb munosabatlari yomonlashgani manzarasida kechmoqda.

Ovro‘po Ittifoqi Eronga qarshi neft embargosini e‘lon qilgan va shupaytgacha tuzilgan shartnomalarning shu yilning 1 iyuligacha amal qilishini ma‘lum qilgan edi.

Biroq 19 fevral kuni Eron Britaniya va Frantsiya shirkatlariga neft yetkazib berishni to‘xtatgani va etdi nefti yangi hamkorlarga sotilishini e‘lon qilgan.

Amerika Qo‘shma shtatlari Eronga iqtisodiy jazo choralarini yanada kuchaytirgan.

Ayni paytda Isroil Eronning yadroviy inshootlariga hujum qilishi mumkinligi borasidagi xavotirlar ortgan.

Lekin Amerika Isroil hujumi Eron yadro inshootlarini butunlay yakson qilolmasligi, bunga javoban Eron Amerikaning Fors ko‘rfazi va Afg‘onistondagi inshootlarini mo‘ljalga olishi mumkinligidan ogohlantirgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.