BBC navigation

AQSh elchisi bilan uchrashgan A.Asqarov o‘zining aybsizligini urg‘ulagan

Сўнгги янгиланиш 27 феврал 2012 - 17:59 GMT

"Men aybdor emasman!.."

Vashington qirg‘izistonlik taniqli inson huquqlari faoli Azimjon Asqarov ishida yordamchi bo‘lishga tayyor, deb aytgan Amerikaning bu mamlakatdagi elchisi Pamela Spratlen.

Spratlen xonim o‘tgan hafta Azimjon Asqarov bilan Bishkekdagi qamoqxonada uchrashgan.

Amerika elchixonasining matbuot voiziga ko‘ra, uchrashuvdan maqsad Asqarov janoblari qamoqxonadagi yashash shart – sharoitlari bilan tanishish bo‘lgan

Azimjon Asqarov Amerika elchisi bilan uchrashuv chog‘ida o‘ziga qo‘yilgan ayblarni keskin rad etgan, ammo qamoqxona mulozimlarining munosabatini yaxshi deb baholagan.

Matbuot voizi Kristian Rayt Amerika elchixonasining avvalgi bayonotlariga ishora qilar ekan, Asqarov janoblarining mahkama jarayoni pala-partish, unga chiqarilgan hukmni dastaklovchi dalillar deyarli yo‘qligini urg‘ulagan.

"Amerika elchixonasi Azimjon Asqarov va yana boshqa yuzlab mahkama jarayonini kutayotgan shaxslarning ishlarini kuzatib boradi", deb aytgan Kristian Rayt.

Amerika elchixonasi mulozimiga ko‘ra, AQSh elchisi Vashington nafaqat umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan Azimjon Asqarovning masalasi, balki butun Qirg‘izistondagi inson huquqlari vaziyati Vashingtonning diqqat e‘tiborida bo‘lishini aytgan.

Azimjon Asqarov Qirg‘iziston janubidagi etnik nizolar chog‘ida bir militsiya xodimini o‘ldirish va milliy nafrat uyg‘otishda aybdor deb topilib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Huquqbonning o‘zi hamda uni yaqindan bilgan jurnalistlar va faollar bu ayblovlarni qat‘iy rad etadi.

Asqarov janoblari qonli hodisalar ro‘y bergan vaqti faqat dalil sifatida suratga tushirishga harakat qilganini aytadi.

Bundan bir necha hafta avval AQSh, Ovro‘po va sobiq Sovet respublikalaridan bo‘lgan 50 dan ortiq inson huquqlari va nodavlat tashkilotlari Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevga maktub yo‘llab, taniqli huquqbon Azimjon Asqarovni insoniylik tamoyillariga asoslanib ozod etishni so‘raganlar.

Azimjon Asqarovning himoyachisi Nurbek To‘xtoxunov mijozining salomatligi yanada yomonlashganini ham aytgan.

Unga ko‘ra, qamoqda ekani chog‘ida huquq faoli yana kaltaklangan, buyraklari zarba yegan, ko‘zining zehni ham pasaygan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.