Kislota sepilgan qizlar hikoyasi Oskar mukofotini qozondi

Image caption G‘olib hujjatli film Pokistondagi kislota hujumi jabrdiydalari hayotidan hikoya qiladi

Ilk bor Oskar mukofotiga nomzodi qo‘yilgan pokistonlik ayol rejissyor Sharmin Obayd Chinoy kislota hujumlari qurbonlariga bag‘ishlangan hujjatli filmi uchun ana shunday sharafga loyiq deb topildi.

Pokistonda har yili aksariyati xotin-qizlardan iborat yuzdan ortiq kishining yuziga kislota sepib ketiladi.

Kislota hujumlari jabrdiydalariga yordam ko‘rsatuvchi guruhlarning aytishlaricha, haqiqiy raqamlar rasmiy ma‘lumotlardagisidan ancha ko‘p.

Bu ishga qo‘l uruvchi hujumchilar esa, aksaran, jabrdiyda xotin-qizlarning rashk o‘tidagi erlari yoki alamzada yosh yigitlar bo‘lishadi.

"Yuzni asrab qolish", deb nomli hujjatli filmning syujeti asli Pokistonda tug‘ilgan britaniyalik jarrohning ish faoliyatiga asoslangan.

Jarroh Muhammad Javod kislota hujumiga uchragan insonlarning yuzlarini tiklash bilan shug‘ullanib keladi.

Bu kabi hujumlar qurbonlari, odatda, ko‘r bo‘lib qolishadi.

Yuz-ko‘zlarining kislota kuydirib yuborgan yerlariga turli infektsiyalar tushishi oqibatida, yiring bog‘lab ketadi.

Agar xalqaro tashkilotlarning so‘rovlariga qaralsa, Pokiston Afg‘oniston va Kongo Demokratik Respublikasidan keyin xotin-qizlar uchun eng xavfli mamlakat sanaladi.

Nufuzli Oskar mukofotini qabul qilib olarkan, Sharmin Obayd Chinoy xonim o‘z yutug‘ini o‘zgarishlar uchun kurash olib borayotgan Pokiston ayollariga bag‘ishlashini aytgan.

"Mukofot uchun mukofot lozim"

Image copyright BBC World Service
Image caption Pokiston Bosh vaziri g‘olibaga yana bir mukofot berish shartligini ta‘kidlamoqda

Pokiston Bosh vaziri Yusuf Rizo Giyloniy mamlakatiga birinchi Oskar mukofotini olib bergani uchun Chinoy xonimni rosa olqishlagan.

Janob Giyloniyga ko‘ra, hukumati buning uchun g‘olibani o‘z mukofotlari bilan ham taqdirlashi lozim.

Ammo Chinoy xonimning mehnatlari bundan avval ham xalqaro miqyosda tan olingan.

2010 yilda "Pokistonning Tolibon avlodi" nomli hujjatli filmi uchun rejissyor Xalqaro Emmi (Emmy) mukofotiga loyiq deb topilgan.

So‘nggi hujjatli filmini amerikalik rejissyor Deniel Yunge bilan birga ishlagan.

Chinoy xonimning aytishicha, filmda tushishga rozi bo‘lgan jabrdiydalar o‘z ovozlarini eshittirib, kislota hujumiga uchrayotgan xotin-qizlar muammosiga odamlarning e‘tiborini tortish niyatida bo‘lishgan.

Image copyright

Eronlik rejissyor Azg‘ar Farhodiyning "Ajralish" filmi esa, xorijiy tildagi eng zo‘r badiiy film nominatsiyasida g‘olib chiqqan.

Bu ushbu yo‘nalishda Oskar mukofotiga loyiq ko‘rilgan ilk Eron filmidir. Ilk bor taqdim etilgani esa, hech narsa ololmagandi.

Film xalqaro miqyosda deyarli barcha tanqidchilar tomonidan birdek tan olingan.

"Ajralish" filmi syujeti ajralish istagida bo‘lgan yosh juftning zamonaviy Eronda to‘qnash kelgan eskichayu yangicha muammolaridan hikoya qiladi.