El sevgan san‘atkor Obid Yunusovga savol bering

Image copyright pixland.uz

Taniqli o‘zbek adibi Uyg‘unning "Parvona" spektaklidagi bosh obraz - O‘tkuriy mashhur bo‘lishining asosiy omili O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusovning ijrosidir.

Obid Yunusov atoqli bastakor Yunus Rajabiyning farzandi.

U 1934 yil 20 noyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Teatr va rassomlik institutida 1952-56 yillari tahsil olgan.

- Ilk bor qachon rol o‘ynagansiz", degan savolga "institutning birinchi kursidan", - deb javob beradi Obid aka, - ustozimiz Aleksandr Ginzburg Hamza teatrining bosh rejissyori edi. Qachon rol o‘ynaymiz, deb so‘ragandik, "xot segodnya", dedi. O‘shandan teatrdagi ommaviy sahnalarda ishtirok eta boshlaganman.

1966 yil aprelida ilk bor Hamza(hozirgi Milliy Akademik drama) teatrida "Parvona" spektakli qo‘yiladi.

"O‘tkuriy rolini 803 marta ijro etdim", deydi Obid Yunusov.

Tomoshabinlar "To‘ylar muborak", "Maysaraning ishi", "Chinor ostidagi duel" badiiy filmlaridagi Obid Yunusov rollarini yaxshi bilishadi.

Obid Yunusov ovozi bilan 1000 dan ortiq film o‘zbek tiliga o‘girilgan.

"Men Raj Kapurga, Qirol Lirga ovoz berganman. Mingdan ziyod filmdan yarmi bosh rollar bo‘lgan", deydi aktyor.

Hozir nafaqada.

Obid Yunusov ikki o‘g‘ilning otasi, 6 nabira, 2 evaraning buvasi.

O‘zbekistonliklarning sevikli aktyori Obid Yunusovga savollaringizni sahifamizning o‘ng tomonidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.