Namangandagi jome‘ masjidlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Namanganda jome‘ masjidlarga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Mahalliy imomlar yangi jihozlarni masjidlarda o‘g‘irlik sodir etish hollarining ko‘payib ketgani bilan tushuntirishmoqda.

Ammo musulmonlar orasida kameralardan xavotirga tushayotganlar ham borligi aytiladi.

Namanganlik oddiy namozxon Hoshimjon aka Qalandarovning aytishicha, so‘nggi paytlarda masjidlarda namozxonlarni tunash va masjid ashyolarini o‘g‘irlab ketish holari tez-tez sodir bo‘lmoqda.

"Yoningizda namoz o‘qib turib, kalishingizni, kiyimingizni, masjid gilamlarini op ketib qolayapti, gohi vaqtlarda joynamozlarni ham yig‘ishtirib ketayapti. Juda xunuk bo‘layapti", - deydi shaharning "Sohibkor" mahallasida yashovchi namozxon.

Uning aytishicha, avvallari bunday hollar kuzatilmagan.

Namozxon bu kabi ko‘ngilsiz holatlarni so‘nggi yillarda kattalarning Rossiya va Qozog‘istonga ish izlab ketib, yoshlarning qarovsiz qolayotgani bilan tushuntiradi.

"Ammo imomlar bu muammolar haqida ochiq gapirishni istamaydi, ular faqat diniy idora maqullagan ma‘ruzalarni o‘qishadi,xolos", - deydi u.

Uning fikricha, kuzatuv kameralari musulmonlar orasida turlicha munosabatlarni uyg‘otgan.