Polshada ikki tezyurar poyez to‘qnashishi oqibatida kamida 15 inson halok bo‘lgan

Image copyright Reuters

Polsha rasmiylariga ko‘ra, mamlakat janubida 3 mart kuni tunda ikki poyezdning to‘qnashishi oqibatida kamida 16 inson halok bo‘lgan, 50 kishi yaralangan.

Hodisa poytaxt Varshavani Krakov shahri bilan bog‘laydigan asosiy temir yo‘l tarmog‘ining Shekotsini shaharchasidan o‘tadigan qismida shanba kuni tunda mahalliy vaqt bilan saot 21.15 da ro‘y bergan.

Poyezdlarning biri Varshava-Krakov, ikkinchisi Pshemisl-Varshava yo‘nalishida ketayotgan bo‘lganlar.

Ikki poyezdning jami 10 vagonida 350 ka yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

Polsha temir yo‘l tarmog‘i mas‘ullariga ko‘ra, Varshavadan Krakovga ketayotgan poyezd noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolgan.

O‘sha kuni Shekotsinidagi temir yo‘lda ta‘mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.

Polsha prokuraturasi poyezdlar to‘qnashuvi yuzasidan jinoiy ish ochgan.

Varshavaga qarab ketayotgan poyezd to‘qnashuv paytida soatiga 125 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.

Hammasidan ham ko‘ra uch vagon qattiq shikastlangan, qutqaruvchilarning bu vagonlarda bo‘lgan yo‘lovchilarni qidirishlariga to‘g‘ri kelgan.

Hodisa joyiga tikucharlar jalb etilgan.

Yaradorlar tikucharlarda Varshava hamda Vrotslav shifoxonalariga yetqazilgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Halokat joyiga Polsha Bosh vaziri Donald Tusk yetib borgan.

"Bu ko‘plab yillar mobaynidagi temir yo‘ldagi eng fojeali falokat" deb aytgan Bosh vazir Donald Tusk.

Yo‘lovchilardan birining aytishicha, tezlik bilan borayotgan poyezd birdan to‘xtay boshlagan.

"Keyin qattiq to‘qnashish bo‘ldi, biz kupelarimizdan uchib ketdik", deb aytgan mahalliy telekanal bilan suhbatida yo‘lovchilardan biri.