Isroil hujumiga Eron qanday javob beradi?

Image copyright none

Irsoil "Eronning yadro quroliga erishish harakatlarini to‘xtatish uchun harbiy hujum ehtimoli" haqida bir necha bor ogoh bilan chiqdi.

Eron rasmiylari bu kabi amalga "muvofiq javob" berilishini bildirdilar.

Lekin Eronning "muvofiq javobi" qanday bo‘ladi?

"Muvofiq javob"ning mintaqa va Eron uchun qanday oqibatlarini kutish mumkin?

Eronning yadro quroliga erishishiga yo‘l qo‘yishning oqibatlari Isroil harobiy amaliyotlari oqibatlaridan yengilroq bo‘ladimi?

Londondagi Strategik Tadqiqotlar Markazining qurollar tarqashining oldini olish bo‘limi rahbari Mark Fitspatrikning aytishicha, Eronning Isroilga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy urush ochish imkoniyatlari cheklangan.

"Eronning eskib qolgan havo kuchlari jihozlari Isroilnikidan anchayin zaif va Isroilga qadar yeta oladigan qanotli raketalari soni ham cheklangan".

Fitspatrikka ko‘ra, Eron 1600km uzoqlikka ucha oladigan "Shahob-3" va "Qadr-1" rusumidagi raketalarga ega bo‘lsa ham, ularni uchira oladigan faqatgina 6ta uskunaga ega.

"Isroilga qadar yetadigan va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan "Sajil-2" raketlari ham mavjud, lekin ular hali to‘liq foydalanishga kiritilmagan".

Lekin janob Fitspatrikka ko‘ra, bu raketlarning hammasi aniq nishonga olish sohasida oqsaydi. Yana bir jihat, Eron kimyoviy va biologik qurolga ega emas.

"Xulosa, Eron tomonidan har qanday raketa hujumi po‘pisasi ramziydir", dedi Mark Fitspatrik.

Unga ko‘ra, Eronning isroilga qarshi "muvofiq javobi" uchinchi bir mamlakat yoda kuchlar orqali bo‘lishi mumkin.

Masalan, Livandagi "Hezbulloh" guruhi Erondan olingan 10 mingdan ko‘proq raketa uskunasiga ega.

"Bular 25km uzoqlikka yeta oladigan "Katyusha"lar, 45 kmga yetadigan "Fahr-3", 75 kmga yetadigan "Fajr-5", 200kmga qadar uchadigan "Zalzal-2", va 220kmga yetadigan "Foteh-110"lardir. Bunga qo‘shimcha butun Isroil hududini nishonga olish imkoniga ega va 750 kilogramm quol-yarog‘ tashiy oladigan 10ta "Skad-D" raketlari mavjud".

Bundan tashqari Falastinning G‘azo bo‘lgasidagi "Hamas" guruhi ham Isroilni qisqa masofaga uchuvchi raketlar bilan nishonga olishi mumkin ekan.

Demak Isroil bilan "Hezbulloh" va "Hamas" o‘rtasida ham harbiy mojaro va mintaqa miqyosida kengroq mojaro kelib chiqish ehtimoli bor.

Fors ko‘rfazida harbiy amaliyotlar ehtimoli

Eron Dengiz Kuchlari yirik kemalarga qarshi minalar joylashtirish va nishonga olish uchun kichik va tez-yurar qayiqlar bilan yaxshi jihozlangan.

Shuningdek, Eron quruqlikdan turib dengizdagi kemalarni aniq nishonga ola biladigan raketlarga ham ega.

Bu imkoniyatlarni Eron ko‘plab miqdorda neft tashib o‘tiladigan Hormuz bo‘g‘ozida ham ishga solishi mumkin.

Bu esa o‘z navbatida AQSh bilan harbiy mojaro ehtimolini keltirib chiqaradi.

Terroristik amallar ehtimoli

Vashingtodagi Bruklin Institutidan terrorizmga qarshi kurash mutaxassisi Daniyel Baymanning aytishicha, Isroil hujumi boshlanmasdan avvaloq turli yerlarda terroristik amallar yo‘lga qo‘yilishi ehtimoli bor.

"Eron bu kabi amallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonga ololmaydigan hollarda qo‘l urgan vaqtlari bo‘lgan. Bu amallar qaysidir ma‘noda boshanib ham bo‘ldi. Isroil va Eron allaqachon bir-birlarini nishonga olmoqdalar. Isroil hujum arafasida bu kabi amallarni ko‘paytiradi, deb o‘ylamayman, lekin Eron ko‘paytirishi mumkin", - deydi Daniyel Bayman.

Daniyel Baymanning aytishicha, Eronning bu kabi hujumlari samarasi savol ostida.

"Hindiston va Tailandda Eronning hujumlari yaxshi tashkillashtirilmagandi. Bu Eron Xavfsizlik Kuchlari tayyorgarlik saviyasi bir maromda emasligidan dalolat beradi".

Tahlilchilarga ko‘ra, Eronning har qanday hujumlarga javobiy amallari "etti o‘lchab bir kes" qabilida bo‘lishi kerak.

Xalqaro Tinchlik uchun Karnegi jamg‘armasidan Karim Sajdadpurning aytishicha, agar Eron juda kichik miqyosda javob bersa obro‘sini yo‘qotadi, juda keng miqyosda amallarga qo‘l ursa boshini yo‘qotishi mumkin.

"Lekin obdon o‘ylab chiqilgan javobiy munosabatning o‘zi qanday bo‘ladi men bilmayman", - deydi Sajdadpur.

Xalqaro qonunchilik nima deydi?

Isroil Eronga urush ochadimi, Eron qanday javob beradi qabiladgi javobsiz savollar manzarasida bir savolga javob aniqdek.

Xalqaro qonunchilik nuqtai nazaridan Isrol rejalayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday hujum noqonuniy.

Notrdam Universitetidan professor Mari O'Konelga ko‘ra, bu kabi hujum qonuniy bo‘lishi uchun BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma‘qullangan bo‘lishi kerak, chunki Eron Isroilga qarshi urush ochgani yo‘q.

"BMT Xartiyasida aniq-oydin aytib o‘tilgan, ya‘ni biron mamlakat harbiy kuchdan faqatgina hujum qilingan vaqtda o‘z-o‘zini mudofaa qilish yo‘lida foydalangan holdagina qonuniy bo‘ladi".

Albatta Isroil Eronning yadro hujumidan "o‘z-o‘zini himoya qilish" yo‘lida bu ishga qo‘l urganligini da‘vo qiladi.

Lekin professor O'Konelning aytishicha, baribir Isroil hujumi noqonuniy bo‘ladi.