Dog‘istonda zo‘ravonliklar kamayayotgani yo‘q

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Dog‘iston poytaxti Maxachqal‘adan 40 kilometr uzoqlikdagi qishloq politsiya postida xudkushlik hujumi sodir etilgan.

Dog‘iston rasmiylariga ko‘ra, Karabudaxkent qishlog‘idagi politsiya postida xudkush ayol o‘zini o‘zi portlatgani oqibatida 5 politsiya xodimi halok bo‘lgan, ikki nafari yaralangan.

Islomiy kavkazcenter.com web-sahifasi xabariga ko‘ra, ushbu hujumda 10 politsiyachi halok bo‘lgan.

Dog‘iston Checheniston singari Shimoliy Qofqozning Rossiya hukumati islomiy radikal kuchlarga qarshi kurash olib borayotganini aytib keladigan notinch bo‘lgasi hisoblanadi.

Rasmiylarning Dog‘istonda islomiy "bandit guruhlari"ni yo‘q qilayotgani haqidagi xabarlariga qaramasdan, o‘lkada deyarli har kuni zo‘ravonliklar ro‘y berib turipti.