Shvetsiya: Obidxon qori Nazarovga suiqasd sahnasidan lavha

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shvetsiya shimolidagi Stromsund shaharchasida 22 fevral tushlik mahali taniqli o‘zbek imomi Obidxon qori Nazarovga suiqasd uyushtirildi.

1990-yillarda Toshkentdagi "To‘xtaboy" masjidiga imomlik qilgan Obidxon Nazarov 2006 yildan buyon Shvetsiyada istiqomat qilayotgandi.

54 yoshli Obidxon Nazarov hozirda Umeo shahri shifoxonasining jonlantirish bo‘limida saqlanmoqda.

BBC O‘zbek xizmatidan Sirojiddin Islom shu kunlarda Stromsund shahriga safar qilib, taniqli imomga qarshi sodir etilgan suiqasd sahnasini ko‘rgan.

U tayyorlagan video lavhani tomosha qiling.