Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi qanday kuchlar turibdi?

Image caption Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi qanday kuchlar turibdi?

"Mintaqada Rossiya uch muammoga yuz tutmoqda, bu esa - Islom, Xitoy va Amerika", deb yozadi Aleksey Malashenko. "Rasman, Xitoyning Rossiyaga qarshi chiqishi mintaqadagi har bir sohani o‘zining moliyaviy va iqtisodiy aloqoalar bilan o‘rab olganida ko‘rinadi, natijada bu haqiqiy ekspansiyaga aylangan.

2009 yili O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari orqali Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur tumaniga olib boruvchi gaz quvuri ishga tushdi, aynan o‘sha yili Kozog‘istonning Aqto‘ba shahridan Xitoyga neft ham oqib bordi.G‘arbiy Xitoydan-G‘arbiy Ovro‘poga yetib boradigan Transmarkaziy Osiyo temir yo‘li ham qurilmoqda. Xitoy yirik transport, energetika inftratuzilmalarini yaratib, o‘ziga Markaziy Osiyoni mahkam bog‘lab qo‘yib, shu bilan Ovro‘poga siljishlarini ham kuchaytirmoqda. Ushbu harakatlarida qiziq jihat shuki, Xitoy banditlarcha yaratilgan postsovet hududidagi korruptsiyani ham mahorat bilan aylanib o‘tmoqda, va bu yana bir "Xitoy mo‘‘jizasi" haqidagi tasavvurlarga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Rasman Xitoy o‘z harakatlari bilan mintaqada hech kimga qarshi chiqayotgani yo‘q. Buni eski xonadonda paydo bo‘lgan boy va epchil yangi yashovchi borib-borib anchadan beri o‘rnashib olgan eski yashovchini uyidan chiqarib yuborish urinishi misoliga solishtirsa bo‘ladi. Rossiya Xitoyning qarshi chiqishiga javoban integratsiya aloqalari orqali o‘z ta‘sirini saqlashga harakat qilayotir. Bunga Bojxona Ittifoqi, Yagona Iqtisodiy makon va 2015 yilga mo‘ljallangan Ovroosiyo Ittifoqi g‘oyalari so‘zsiz dalolatdir. Ikkinchidan, iloji boricha, Rossiya mintaqadagi qo‘shma bir qancha loyihalarda ishtirok etmoqda va Pekin bunga qarshilik ko‘rsatayotgani yo‘q. Chunki har qanday loyihada Xitoy doimo asosiy rol o‘ynashini yaxshi biladi. Shanxay Hamkorlik tashkiloti - buning eng yorqin misolidir.

Rossiyaga Xitoyning iqtisodiy nuqtai nazardan qarshi chiqishi bu mamlakat siyosiy manfaatlarni ko‘zlamayotganini anglatadi. Bu yerda hech qanday paradoks bo‘lishi mumkin emas.

Xitoyning tashqi siyosatining o‘rnini uning mavjudligi qoplaydi: ya‘ni tarixiy o‘lchovlar bilan qaraganda qisqa fursatda qayta tirilish jarayonidan o‘tayotgan ulkan rivojlanayotgan qudratning mavjudligi.

Markaziy Osiyoda Xitoyning faolligi uning global miqyosda qarshi chiqishining qismlaridan biri bo‘lib va hech qanday davlatning u bilan bellashishga qurbi yetmaydi.

Mintaqada Rossiyaga qarshi bo‘lgan Amerikaning manfaatlari iqtisodiy bo‘lishi mumkin, ammo birinchi navbatda ular harbiy-siyosiy tusga ega. Markaziy Osiyo mintaqasida bu qarama-qarshilik Ukraina yoki Janubiy Qofqoz misolidek keskin ko‘zga tashlanmaydi. U yerda AQSh aksilmoskva kuchlarini qo‘llab-quvatlab, hattoki harbiy yordam ko‘rsatishga ham borgan.

Markaziy Osiyoda, Qirg‘izistondan tashqari avtoritar rejimlarning o‘rniga kela biladigan keng muxolifat shakllanmagan.

Qirg‘iz inqilobchilari ham hamisha Moskvaga o‘z sodiqligini namoyon etishga harakat qilishgan. Albattaki, ba‘zi muxolifatchilar G‘arbning sezilarli dastagiga orzu qilgan bo‘lsalar kerak, biroq ular bu orzularini tillariga chiqarmaganlar. O‘z navbatida AQSh, Qirg‘izistondagi demokratik jarayonlaridan qoniqib, Rossiyaning (balki Qozog‘istonning ham) o‘ziga xos manfaatlari borligini tan olib, sust mavqe‘ni egallashga qaror qilgan.

Biroq Kreml O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan o‘zaro munosabatlarini yana mustahkamlashga urinayotgan AQShning harakatlarini o‘ziga bildirilayotgan qarshilikdek qabul qilmoqda. Bu esa rahbarlar tomonidan mabodo mintaqada "Arab bahori" boshlangudek bo‘lsa, amerikaliklarning betaraflikni saqlab turish qabul qilinmoqda. Lekin bunda umumiy barqarorlikning himoyachisi bo‘lib kelayotgan Rossiyaning mavqei borgan sari zaiflashib ketishi hech gap emas.

Xitoy va Amerika bir-biri bilan qarama-qarshilika borar ekan, Rossiya bundan o‘zi uchun foyda ko‘rib qolishni istaydi. Ammo Rossiyaning bu o‘yindagi roli bir kun emas, bir kun nihoyasiga yetishi mumkin. Shanxay Hamkorlik tashkiloti qoshidagi Tadqiqotlar markazi mudiri Pan Guanning yozishicha, kelajakda ShHT va Xitoy Rossiyani chetlab o‘tib, bevosita AQSh bilan muloqot o‘rnatishi aniq. Kelajakda Xitoy Rossiyadan voz kechishi mumkin. Amerika uchun Markaziy Osiyo mintaqasi "Amerika manfaatlari doirasiga" kirsa ham, ustuvorlik nuqtai nazaridan mazkur mintaqa Yaqin Sharq, Eron va Afg‘oniston emas.

Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarining olib chiqilishi Amerika strategiyasida bu mintaqaga ehtiyojini oshirib boradi, chunki Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda harbiy bazalarning paydo bo‘lishi bilan bu mintaqa Afg‘onistondagi barqarorlikni kuzatib borish uchun maxsus bir hududga aylanadi. Berlin ekspertlaridan Yorg-Ditrix Nakmayyerning fikriga ko‘ra, agar AQSh dunyo qudrati maqomini saqlab qolishni istasa, ular uzoq muddat mobaynida Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda o‘z hozirligini ushlab turishi kerak bo‘ladi. Moskva uchun esa Amerika harbiy bazalarining mintaqada paydo bo‘lishi juda nozik masala, boshqa tomondan, xorijiy qo‘shinlarning chiqib ketishi bilan mintaqada diniy radikal unsurlarning his-tuyg‘ularini Amerika harbiylari jilovlab turishlarini yaxshi tushunadi.

Rossiya uchun musulmon dunyosidagi faollashuv katta muammolardan biriga aylanmoqda.

Bu nafaqat tashqi, balki ko‘proq ichki muammodek tan olinmoqda. Islomiylashish jarayoni ko‘proq Tojikiston va O‘zbekistonda ko‘zga tashlanadi. Musulmon dunyosi yoshlarni Islom ruhida tarbiyalash, diniy mafkurani hayotga tatbiq etish, masjidlarning qurilishi va umuman islomiy ma‘rifatni yoyishga har tomondan ko‘mak bermoqda. Markaziy Osiyo musulmon dunyosining ajralmas legitim qismiga aylanib, bu jihatdan ham Rossiyadan uzoqlashib ketgan. Islomiylashish jarayonining boshqa jihatlaridan biri bu – diniy radikalizmdir. Bu jihatni tashqi tahdid sifatida qabul qilish kerak, chunki Markaziy Osiyo mintaqasida anchadan beri xalqaro radikal tashkilotlar o‘z faoliyatini yurgizmoqda, va shu bilan birga mintaqaning deyarli har bir mamlakatida islomiy muholifatning hozirligi ichki tahdid rolini ham o‘ynashi mumkin. Dunyoda vujudga kelgan xalqaro islomiy internatsional tarkibidagi Rossiya ichida istiqomat qilayotgan islomiy ashshadiylari o‘z o‘rnini topishgan va ular Markaziy Osiyodagi o‘z hamfikrlari bilan hamkorlik qilmoqda. Masalan, "Hizbut-Tahrir" partiyasi Rossiyaga ham o‘z ta‘sirini yoyishga urinmoqda.

Xullas, yuqorida aytilgan gaplar qarshi chiqish emas, balki ob‘ektiv geosiyosiy o‘zgarishlarning natijasi bo‘lgan muammolardir. Bu geosiyosiy harakatlarga javoban Rossiya o‘zini yo o‘zgarishlarga javob bera oladigan mavqeda ushlab turishi yoki o‘zini mudofaa qilishi kerak bo‘ladi".