OXHT: Qirgizistonda “milliy ozchiliklar prezident sayloviga ishtirok etish uchun faol jalb etilmagan”

Poytaxt Bishkekda jurnalistlar bilan uchrashgan Ovro‘podagi xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (OXHT) Demokratik institutlar va inson xuquqlari idorasi (DIIXI) rahbari, elchi Yanesh Lenarchich xuddi shunday bayonot qilgan.

Alohida axborot anjumani o‘tkazgan xalqaro tashkilot mulozimi Qirgizistonda O‘tgan yili oktyabrda bO‘lib O‘tgan sO‘nggi prezident sayloviga bog‘liq mazkur tashkilotning hisobotini taqdim etgan.

Yanesh Lenarchichning bildirishicha, u rahbarlik qilgan idora missiyasi saylovoldi tadbirlariga aloqador davlatning milliy ozchiliklari istiqomat qilgan hududlarda, ayniqsa mamlakat janubidagi vaziyatni alohida kuzatgan.

- Milliy ozchiliklar prezident sayloviga ishtirok etish uchun faol jalb etilmagan. Shunday holatning yuzaga kelishiga bir qadar davlat janubidagi xavfsizlik va barqarorlik ahvolini yaxshilash sur‘ati yanada past ekanligi sabab bo‘lgan, - degan elchi Lenarchich.

Shuningdek, xalqaro mulozim kuzatuvchilar missiyasida 2011 yilning 30 oktyabr kuni Qirgizistonda sodir etilgan prezidentlik saylovida milliy ozchiliklar naqadar faol ishtirok etganligi xaqida bizda ma‘lumotlar yo‘q. Va xuddi shu sababdan OXHT Demokratik institutlar va inson xuquqlari idorasi ushbu saylovchilarning saylovga qatnashishi bilan bevosita ovoz berishga jalb etilishiga baho bera olmaydi, - deb bildirgan Yanesh Lenarchich.

Shu bilan birga xalqaro tashkilot mulozimi maxsus missiya a‘zolari shu hisobotda so‘nggi saylovoldi tadbirlari hamda ovoz berish jarayonining kamchiliklari bilan birga “juda ko‘p yaxshi tomonlari”ni ta‘kidlab, “ularga ijobiy baho bergan”ligini aytgan.

OXHT DIIXI boshlig‘i Qirgizistondagi so‘nggi prezidentlik saylov kamchiliklari sifatida saylovchilar ro‘yxatlariga bog‘lik kelishmovchiliklar, berilgan ovozlarni hisoblash, shahobchalardagi saylov komissiyalar tayyorlagan yakuniy protokollarni tuzish va ovoz berishga aloqador talashlarni hal qilish kabi muammolarni aytib o‘tgan.

O‘tgan yilning oktyabr oyida sodir etilgan prezidentlik saylovining ijobiy tomonlari deya elchi Yanesh Lenarchich prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatlarga to‘sqinliksiz kiritilishi, fuqarolarga o‘z nomzodini tanlab olishda keng imkoniyat berilishi, saylovoldi tadbirlarni erkin va oydin o‘tkazish, hamda so‘z erkinligi bilan tinch namoyishlar o‘tkazish huquqlariga rioya qilishni ta‘kidlagan.

- Qirg‘iziston 2010 yilning iyun oyida juda murakkab sharoitda samarali referendum o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan, o‘sha yilda parlament saylov o‘tkazilgan, Oliy Kengashda boshqaruv birlashmasi tuzilgan, so‘ngra yaqinda prezident saylangan. Shularning barchasi – Qirgizistonning muhim yutuqlaridir. Hamda biz shu muvaffaqiyatlarni mustahkamlab, rivojlantirish uchun qo‘limizdan kelganicha yordam kursatishga tayyormiz, - degan OXHT Demokratik institutlar va inson xuquqlari idorasi boshlig‘i, elchi Yanesh Lenarchich.

Qirg‘izistonda 2011 yilning 30 oktyabr kuni prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgan. Davlat boshlig‘i lavozimiga Almazbek Atamboyev saylangan.

Radiotinglovchilarimiz diqqatiga: 25 martdan boshlab Bi-bi-si O‘zbek xizmatining dasturlarinihar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18 00dan 19 00gacha 15330, 17510, 21590 qisqa to‘lqinlarda tinglashingiz mumkin.