280 ming dollarga ham avtomobil, ham uchoq olishni xohlaysizmi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

AQShdagi Terrafugia shirkati Nyu-York xalqaro avtomobil ko‘rgazmasiga qo‘ygan avtomobilining dunyodagi ham parvoz va ham ko‘chalarda harakatlanish ruxsatnomalariga ega ilk uchar mashina ekanini e‘lon qildi.

Avtomobilga Tranzishn yoki O‘tish deb nom berilgan.

Tranzishnning ikki urindig‘i, to‘rt g‘ildiragi va yig‘ma qanotlari bor.

U 520 metrlik uchish maydonchasidan havoga ko‘tarila oladi.

Uchar avtomobilni keyingi yil savdoga chiqarish mo‘ljallanmoqda, uning dastlabki bahosi qariyb 280 ming AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda.