BBC navigation

Vladimir Putin rossiyaliklarni siyosiy birdamlikka chaqirdi

Сўнгги янгиланиш 11 апрел 2012 - 11:11 GMT

So‘nggi prezidentlik saylovida Putin erishgan g‘alaba muxolifat namoyishlari soyasi ostida qolib ketdi

Rossiyaning saylangan prezidenti Vladimir Putin vatandoshlarini siyosiy janjallarni bir chetga qo‘yib, mamlakat ravnaqiga e‘tibor qaratishga chaqirgan.

Bosh vazir sifatida parlamentda chiqish qilgan Putin janoblari Rossiya aholisining o‘sib borayotgani "ijobiy belgi" ekanini aytgan.

Vladimir Putin 7-may kuni prezidentlikka qasamyod keltiradi.

Uning prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi saylov natijalariga bo‘lgan muxolifat namoyishlari soyasi ostida qolib ketdi.

Janob Putin so‘zlariga ko‘ra, prezidentlik saylovi o‘zidan "qizg‘in bahslar aks-sadosini qoldirdi".

"Ammo demokratiyaning mantiqiy mohyati shundaki, saylovlar nihoya topdi va endi birgalikda ishlash vaqti yetdi", - deb aytgan Vladimir Putin.

Janob Putin prezidentlik vazifasini 2000 yildan 2008 yilgacha ado etgan.

"Bizda bitta Rossiya bor. Uni islohi, rivojlanishi mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni birlashtirib turadigan maqsad bo‘lishi shart", - deb aytgan janob Putin chorshanba kuni parlamentda qilgan chiqishida.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.