Kosmonavtika kuni: Rossiyada fazoga uchishni istaganlar o‘ta oz

Image copyright RIA
Image caption Yuriy Gagarindek mashhur fazogirlar o‘rnini egallashni istagan bolalar bugun Rossiyada juda oz

Rossiya tarixida ilk marta kosmonavt bo‘lish uchun o‘tkazilayotgan ochiq tanlovda 200dan oshiq odam ariza topshirgan. Ularning ko‘pchiligining kosmonavtikaga mutlaqo aloqasi yo‘q va orasida hatto bir qo‘shiqchi ham bor.

Bu haqida Kosmonavtlar tayyorlash markazining rahbari Sergey Krikalev ma‘lum qildi.

Krikalev janoblariga ko‘ra, Gnesenka shahrida bo‘lgan qo‘shiqchining fazogirlikka qabul qilinishi ehtimoldan yiroq - va gap bu yerda uning musiqiy o‘tmishi emas, balki fazogirlikka qanchalar qiziqishidadir.

"Biz nafaqat bitta parvozga tayyor bo‘lgan odamlarni qidirayapmiz. Masalan, kimdir ajoyib programmist bo‘lsa, va u fazogir bo‘lishga qiziqsa, lekin keyin borib bankda ishlamoqchi bo‘lsa, uni tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun biz sarmoya kiritib o‘tirmaymiz", - dedi u.

Hammasi bo‘lib Kosmonavtlar tayyorlash markaziga fazogir bo‘lishni istaganlardan 225ta ariza kelib tushgan. Ularning faqat 40 nafari fazogirlik sanoatida faoliyat yuritadi.

Yanvarda e‘lon qilingan tanlov Rossiyada kosmonavt kasbiga qiziqish naqadar susayib ketganini yaqqol namoyon qildi: avvaliga arizalar qabulini 15 martda to‘xtatish mo‘ljallangandi, lekin u davrga kelib arizalar soni shunchalar kam bo‘lganki, tanlov aprel oxirigacha cho‘zdirilgan.

"Kosmonavtlar ismlarini bilishmaydi"

Mutaxassislar kosmosga bo‘lgan qiziqishning kamayishi borasida birinchi marta gapirayotganlari yo‘q.

Image copyright AFP
Image caption Kosmosga bir marta parvoz qilishni istaydiganlar bor, lekin ular o‘z hayotlarini kosmonavtikaga bag‘ishlashni istaymaydilar

2010 yilda fazogirlar kasbiga bag‘ishlab o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etganlarning 63 foizi kosmosga uchishni xohlamasliklarini aytishgan.

"So‘rovning eng odamni tushkunga soladigan jihati shuki, rossiyaliklarning aksariyat qismi (81%) bironta ham zamonaviy fazogirning ismini keltira olmadi", - deyiladi so‘rovni o‘tkazgan VTsIOM (Omma fikrini o‘rganish bo‘yicha markaz) tashkiloti veb sahifasida.

"Bir necha yil avval Rossiya fazogirlik dasturida kulgili holat yuzaga keldi - kosmosga uchish uchun tayyorgarlikdan o‘tkazilgan nomzodlar orasida kosmosga uchishni istagan bironta kishi topilmadi", - deydi Rossiya kosmonavtika akademiyasi a‘zosi Yuriy Karash BBCga.

Uning aytishicha, 30-40 yil avval hamma fazogir bo‘lishni xohlardi, bugun esa ularning soni fojeali darajada oz. Istaganlar esa kosmosga bir uchib kelishni istaydi, lekin butun hayotini kosmonavtikaga bag‘ishlashni istashmaydi.

Rossiya fazoni o‘zlashtirishda yetakchi o‘rinni saqlab qolayapti deb hisoblaydiganlar yildan yilga kamayib borayapti: "Levada-markazi"ga ko‘ra 2011 yilda bunga rossiyaliklarning 50 foizi ishongan bo‘lsa, 2012 yil martida bu kabi optimistlar soni 36 foizga tushgan.