Baxtiyor Hamroyev nega inson haqlari himoyachisi sifatidagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi?

O‘zbekistonda taniqli inson huquqlari himoyachisi, jizzaxlik faol Baxtiyor Hamroyev inson huquqlari va muxolifat a‘zosi sifatidagi faoliyatini to‘xtatayotganini e‘lon qilgan.

Huquq himoyachisi bu qarorga kelishini sog‘ligining yomonlashgani va o‘zi a‘zosi bo‘lgan norasmiy O‘zbekiston Inson huquqlari jamiyatining faoliyati amalda to‘xtab qolgani bilan izohlagan.

Baxtiyor Hamroyev 2005 yildagi Andijon voqealaridan so‘ng mamlakat ichkarisida qolgan kam sonli inson huquqlari himoyachilaridan edi.

2011 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada yuz bergan "Arab bahori" degan nomni olgan o‘zgarishlar ortidan O‘zbekiston hukumati mamlakat ichkarisidagi muxolifat va inson haqlari faollariga bosimlarni kuchaytirgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC Baxtiyor Hamroyev bilan bog‘lanib, uning so‘nggi qaroriga hokimiyat tomonidan tazyiqlar ham ta‘sir qilganmi, deb so‘radi.